Jazirama sabab poyezd vagonlarida sovutish tizimi sustlashishi mumkin

eʼlon qilindi
Ayrim yo‘nalishlarda poyezdlar harakat tezligiga vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatildi
Toshkent–Bekobod yo‘nalishida elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Foto: prezident matbuot xizmati

O‘zbekistonda havo harorati keskin ko‘tarilgani sabab poyezd vagonlarida sovutish tizimi sustlashishi mumkin. Ayrim yo‘nalishlarda poyezdlar harakat tezligiga vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatildi.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ ma’lumotiga ko‘ra, cheklovlar yo‘lovchilar va poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash uchun joriy etilgan. Shuningdek, bu temiryo‘l infratuzilmasining barqaror va ishonchli ishlashini saqlashga qaratilgan.

Vagonlarda sovutish tizimi sustlashishi mumkin

Yuqori harorat ta’sirida vagonlarning metall konstruksiyalari va tashqi qoplamasi qizishi mumkin.

Shu sababli ayrim yo‘lovchi vagonlarida sovutish tizimlari vaqtincha kamroq samarali ishlashi va belgilangan haroratni bir maromda saqlashda qiyinchiliklar yuzaga kelishi ehtimoli bor.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» yuqori harorat bilan bog‘liq vaqtinchalik noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq jazirama ortidan elektr tarmoqlariga tushgan yuklama ortib, Toshkent shahri va viloyatining ayrim hududlaridagi 8 mingdan ortiq iste’molchi elektrsiz qolgandi. Soat 14:30 holatiga ko‘ra, Toshkent shahri va viloyatidagi ayrim elektr uzatish tarmoqlari hamda podstansiyalarda texnik nosozliklar yuzaga kelgan.

Buning oqibatida Olmazor, Yakkasaroy, Chilonzor, Yunusobod, Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek, Sergeli va Zangiota tumanlaridagi 8250 nafar iste’molchi vaqtincha elektr ta’minotidan uzilgan.

Shuningdek