Fond bozori: 18 ta yuqori likvidli aksiya haftani ijobiy yakunladi

eʼlon qilindi
10-iyuldan 17-iyulgacha bo‘lgan davrda
Fond bozori: 15 ta tashkilot aksiyasi qimmatlashdi, ammo Trastbank aksiyalari keskin tushdi
Foto: depositphotos

«Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)dan joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 10-iyuldan 17-iyulgacha bo‘lgan davrda ijobiy dinamikani ko‘rsatdi. Ammo UCI fond indeksi 4,81 foizga tushdi.

Ushbu davr mobaynida «Buxoroneftgazparmalash» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 14,13 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «Hamkorbank» (+9,90%) va «O‘zbektelekom» aksiyalarida (+7,13%) ham o‘sish qayd etildi.

O‘z navbatida, «Turonbank» aksiyalari 7,35 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. Bundan tashqari, «Garant bank» oddiy aksiyalari (-5,88%) va «SQB»ning imtiyozli (-5,31%) aksiyalari ham pasayish bilan ajralib turdi. Faqatgina «SQB»ning oddiy aksiyalari va «Kapital sug‘urta» aksiyalari narxida o‘zgarish kuzatilmadi.

Bitimlar soni bo‘yicha «Aloqabank» (4 573 ta), UzNIF (2 803 ta) va «Hamkorbank» (802 ta) peshqadam bo‘ldi.

Aksiyalar bozorida ushbu haftada hajm bo‘yicha esa UzNIF (1,02 mlrd so‘m) yetakchilik qildi. «O‘zRTXB» (389,41 mln so‘m) va «O‘zbektelekom» (351,44 mln so‘m) aksiyalari yuqori uchlikdan joy oldi.

Yuqori likvidli aksiyalardan 18 tasi haftani ijobiy, ikkitasi o‘zgarishsiz va 18 tasi salbiy natija bilan yakunladi. Birjaviy savdolarning asosiy maydonchadagi umumiy hajmi 28,32 mlrd so‘m bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, «Toshkent» RFBdan joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 3-iyuldan 10-iyulgacha bo‘lgan davrda ijobiy dinamikani ko‘rsatdi. Ammo UCI fond indeksi 4,8 foizga tushdi.

Ushbu davr mobaynida «Buxoroneftgazparmalash» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 18,87 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «Garant bank» (+7,77%) va «Qizilqumsement» aksiyalarida (+4,66%) ham o‘sish qayd etildi.

Shuningdek