UzNIF sof aktivlari qiymati sezilarli oshishi kutilmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
2026-yil 31-may kuni e’lon qilingan ko‘rsatkichga nisbatan
UzNIF sof aktivlari qiymati sezilarli oshishi kutilmoqda
Foto: Franklin Templeton

O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi (UzNIF) 2026-yil 30-iyun holatiga ko‘ra sof aktivlari qiymati (SAQ) avval 2026-yil 31-may kuni e’lon qilingan ko‘rsatkichga nisbatan sezilarli oshishini kutmoqda. Bu haqda kompaniyaning kutilayotgan SAQ yangilanishi bo‘yicha xabarida ma’lum qilindi.

Hisobot 21-iyul kuni e’lon qilinadi

Kompaniyaga ko‘ra, 2026-yil iyun oyi uchun sof aktivlar qiymati bo‘yicha to‘liq hisobot 21-iyul, seshanba kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.

Unda SAQ o‘zgarishiga ta’sir qilgan asosiy omillar batafsil tushuntiriladi. UzNIF kutilayotgan o‘sishni fond portfelidagi ayrim listingdan o‘tmagan va likvidligi past aktivlarning adolatli qiymati yangilangani bilan izohladi.

Baholash mustaqil baholovchi yordamida tayyorlangan hisobotlarga asoslangan. Kompaniya baholash metodologiyasi o‘zgarmaganini, biroq asosiy taxminlar va ko‘rsatkichlar odatiy jarayonda yangilanganini bildirdi.

UzNIF haqida

UzNIF 2024-yil dekabr oyida O‘zbekistonda aksiyadorlik jamiyati sifatida tashkil qilingan.

Franklin Templeton Asset Management kompaniyasi UzNIF’ning ishonchli boshqaruvchisi etib tayinlangan. Boshqaruv vakolatlari 2025-yil avgustida ushbu boshqaruvchiga o‘tkazilgan.

UzNIF bo‘yicha ikkilamchi savdo 18-maydan boshlangan o‘sha kuni yopilish narxi 5,46 so‘mga yetgan va 17-iyul kunga kelib yopilish narxi 5,5 so‘mni tashkil etdi. IPOda esa O‘zbekistondagi reteyl (chakana) investorlar aksiyalarni 4,41 so‘mdan sotib oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UzNIF Uzbekistan Airways kompaniyasini IPO’ga tayyorlash ishlarini boshlashi haqida xabar qilingandi. IPO’ga tayyorgarlik doirasida jamg‘arma iyun oyida aviatashuvchi va o‘z portfelidagi boshqa kompaniyalar uchun aksiyadorlik kapitali bozorlari bo‘yicha maslahatchilarni tanlashni boshlaydi.

Shuningdek