Qarshi jamoat transporti parki yana 38 ta yangi avtobus bilan to‘ldirildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Brutto-shartnoma tizimida
Qarshi jamoat transporti parki yana 38 ta yangi avtobus bilan to‘ldirildi
Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahriga jamoat transporti tizimini rivojlantirish doirasida 38 ta zamonaviy avtobus olib kelindi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Yangi transport vositalari tadbirkorlar tomonidan xarid qilinib, brutto-shartnoma tizimida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Yangi avtobuslarni foydalanishga topshirish marosimida viloyat hokimi Murotjon Azimov, nuroniylar, mutasaddilar, tadbirkorlar va haydovchilar qatnashdi. Tadbir davomida avtobuslar kalitlari haydovchilarga topshirildi hamda transport vositalarida yaratilgan qulayliklar namoyish etildi.

Ma’lum qilinishicha, avtobuslar Qarshi shahrining transport bosh rejasida belgilangan ikkita yangi yo‘nalishga biriktiriladi.

Natijada shaharda brutto-shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan avtobus yo‘nalishlari soni 14 taga, ularda xizmat ko‘rsatayotgan avtobuslar soni esa 164 taga yetadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Namanganga 12 ta zamonaviy Ankai avtobusi olib kelingani haqida yozgandi.

Shuningdek