Shaxmat federatsiyasi terma jamoani qo‘llab-quvvatlash kampaniyasini boshladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Shaxmat federatsiyasi terma jamoani qo‘llab-quvvatlash kampaniyasini boshladi / Foto: Shaxmat federatsiyasi

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Butunjahon shaxmat olimpiadasi oldidan mamlakat terma jamoasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan raqamli kampaniyani ishga tushirdi. Bu haqda federatsiya Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.

Kampaniya idChess platformasida o‘tkaziladi

Xalqaro shaxmat kuni munosabati bilan va 2026-yil 15 – 27-sentabr kunlari ilk bor Samarqand mezbonlik qiladigan Butunjahon shaxmat olimpiadasi arafasida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi xalqaro sun’iy intellektga asoslangan idChess platformasida «O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatla – o‘z yurishingni qil!» nomli raqamli kampaniyani boshladi.

1 millionta shaxmat partiyasi

Kampaniyaning asosiy maqsadi bo‘lajak musobaqani umumxalq harakatiga aylantirish, sport, biznes, yoshlar va raqamli texnologiyalarni birlashtirishdan iborat. Loyiha doirasida O‘zbekistonning yetakchi brendlari mobil ilovalari orqali foydalanuvchilar ommaviy onlayn shaxmat turnirlarida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

Har bir o‘ynalgan partiya va bajarilgan yurish O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash ramziga aylanishi ko‘zda tutilgan. Kampaniya doirasida jami 1 millionta shaxmat partiyasini o‘tkazish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi bosh kotibi Bobur Sattorovning ta’kidlashicha, shaxmat mamlakatning intellektual salohiyati va sportdagi faxri ramziga aylangan. Uning fikricha, Samarqanddagi olimpiada terma jamoa atrofida birlashish, shaxmatni ommalashtirish, raqamli infratuzilmani rivojlantirish hamda biznesni ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslarga jalb etish uchun muhim imkoniyat yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sindorov va Abdusattorov FIDE mukofotiga da’vogarlik qilayotgani haqida yozgan edik.

Shuningdek