O‘zbekistonlik sayyohlarni himoya qilish uchun «Xavfsiz turizm» jamg‘armasi tashkil etiladi

eʼlon qilindi
Xorijga chiqayotgan har bir turistga yagona elektron turistik kod ajratiladi
Barselona sayyohlarning bir kechalik soliqlarini 2 baravar oshirdi
Foto: Forbes

O‘zbekistonda xorijga sayohat qilayotgan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan yangi tizim joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Qaror loyihasiga ko‘ra, Turizm qo‘mitasi huzurida «Xavfsiz turizm» jamg‘armasi tashkil etiladi.

Turoperatorlar zaxira mablag‘i shakllantiradi

Loyihaga muvofiq, chiqish turizmi bilan shug‘ullanuvchi turoperatorlar litsenziya olish uchun jamg‘armaga kamida $50 ming miqdorida zaxira mablag‘i kiritishi va uning kamayib ketmasligini ta’minlashi lozim bo‘ladi.

Jamg‘arma nimalarni qoplaydi

Jamg‘arma mablag‘lari turizm xizmatlari sifatsiz ko‘rsatilishi oqibatida zarar ko‘rgan fuqarolarga kompensatsiya to‘lash, chet elda qolib ketgan sayyohlarni vaqtincha joylashtirish, oziq-ovqat, transport, aloqa, evakuatsiya va vatanga qaytarish xarajatlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.

Har bir sayyoh uchun turistik kod beriladi

Yangi tartibga ko‘ra, xorijga chiqayotgan har bir turistga yagona elektron turistik kod ajratiladi. Ushbu kod orqali sayohat marshruti, turoperator, sug‘urta va favqulodda vaziyatlarda bog‘lanish uchun zarur ma’lumotlar yagona platformada saqlanadi.

Kafolat yig‘imi joriy etiladi

Shuningdek, har bir sotilgan turpaket bo‘yicha jamg‘armaga BHMning 0,15 baravari miqdorida maqsadli kafolat yig‘imi undirilishi taklif etilmoqda. Mazkur mablag‘lar o‘zbekistonlik sayyohlarni himoya qilish hamda zarurat tug‘ilganda ularni evakuatsiya qilish va vatanga qaytarish xarajatlarini qoplashga sarflanadi.

Avvalroq «Kursiv» nashri yarim yilda O‘zbekistonga 6,5 milliondan ortiq turist tashrif buyurgani haqida yozgandi.

Shuningdek