Huawei 10 000 mA/soat batareyali smartfon tayyorlayotgani aytilmoqda

22-iyul 2026 14:23 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Huawei 10 000 mA/soat batareyali smartfon tayyorlayotgani aytilmoqda
Foto: Redmi Shop

Xitoy mahalliy brendlardan biri 10 000 mA/soat sig‘imli batareyaga ega yangi smartfon ustida ishlayotganini ma’lum qildi. Taxminlarga ko‘ra, gap Huawei Nova 16 SE yoki Enjoy 90 seriyasining katta modeli haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin.

Digital Chat Station ma’lumotiga ko‘ra, yangi smartfon avtonomlik bo‘yicha «monster» modellardan biri bo‘lishi mumkin. Qurilmaga 10 000 mA/soat sig‘imli akkumulyator o‘rnatilishi aytilmoqda.

6,84 dyuymli OLED ekran va 50 MP kamera kutilmoqda

Smartfonga 6,84 dyuymli tekis OLED ekran o‘rnatilishi mumkin. Displey 1,5K aniqlikni qo‘llab-quvvatlashi aytilmoqda.

Shuningdek, qurilma 50 megapikselli asosiy kamera va «8-seriyali protsessor» bilan jihozlanishi mumkin. Hozircha chip nomi aniq aytilmagan.

Bu Huawei Nova 16 SE bo‘lishi mumkin

Insayder brend nomini ochiqlamagan, biroq ayrim taxminlarga ko‘ra, gap Huawei smartfoni haqida ketmoqda.

Boshqa xitoylik insayder Fixed Focus Digital esa Huawei Nova 16 SE modeli tayyorlanayotganini ma’lum qilgan. Unga Huawei liniyasida ilk bor multispektral tasvir sensori o‘rnatilishi mumkin.

Narxi $280–420 atrofida bo‘lishi kutilmoqda

Huawei Nova 16 SE narxi 2000–3000 yuan atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Bu taxminan $280–420 ga teng. Smartfon qora, oq, ko‘k va to‘q sariq ranglarda chiqarilishi mumkin.

10 000 mA/soat batareyali smartfon aynan Huawei Nova 16 SE bo‘ladimi yoki Enjoy 90 seriyasining yuqori modeli bo‘ladimi, hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Huawei Mate 90 seriyasi 4 ta model bilan chiqishi ma’lum qilingandi. So‘nggi ikki avlod Mate smartfonlari chiplar yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar sabab noyabr oyining oxirida namoyish qilingan edi.

Shuningdek