Tramp Eronning yadro obyektlariga zarba berish bilan tahdid qildi

eʼlon qilindi
Vashington Eronning yadro faoliyati bilan bog‘liq deb hisoblagan har qanday hududni nishonga olishga tayyor
Tramp Eronning yadro obyektlariga zarba berish bilan tahdid qildi
Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron yadro dasturini qayta tiklashga uringan har qanday obyektga kuchli harbiy zarba berilishini ma’lum qildi. U bu haqda Oq uyda Livan prezidenti Jozef Aun bilan uchrashuv vaqtida jurnalistlarga gapirdi.

Trampning ta’kidlashicha, Vashington Eronning yadro faoliyati bilan bog‘liq deb hisoblagan har qanday hududni nishonga olishga tayyor. AQSh prezidenti Tehron yadro quroliga ega bo‘lish imkoniyatiga ega emasligini va Amerika harbiy operatsiyalari Eronning tegishli infratuzilmasini jiddiy zaiflashtirganini da’vo qildi. Bu bayonotlarning mustaqil tasdig‘i keltirilmagan.

AQShning ehtimoliy nishonlaridan biri sifatida Natanz yadroviy majmuasi yaqinidagi tog‘ ostida barpo etilgan Pickaxe Mountain majmuasi tilga olindi. The Wall Street Journal manbalariga ko‘ra, Isroil razvedkasi Eron ushbu yerosti majmuasiga uranni boyitishga mo‘ljallangan minglab sentrifugalarni ko‘chirgan deb hisoblamoqda. Biroq obyekt ichida aynan qanday uskunalar joylashtirilgani rasman tasdiqlanmagan.

AQSh prezidenti Tehron mazmunli muzokaralarga tayyor bo‘lmaguncha Eron vakillari bilan uchrashishdan manfaatdor emasligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron tomoni muzokara o‘tkazishni istamoqda, biroq Vashington faqat aniq natija beradigan uchrashuvni ko‘rib chiqadi.

Kursiv Uzbekistan nashri AQSh Green Card uchun $100 minglik kafolat puli joriy qilishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek