GM yangi avlod Cadillac XT6 ishlab chiqarilishini tasdiqladi

General Motors (GM) Cadillac XT6 krossoveri AQSh bozoriga yangi avlod modeli sifatida qaytishini rasman tasdiqladi. Bu haqda kompaniya 2026-yilning ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha hisobotida ma’lum qildi, deya xabar berdi CNBC nashri.
Yangilangan benzinli modellarga urg‘u beriladi
GM bosh direktori Meri Barra Cadillac 2027-yil bahoridan boshlab yangi avlod ichki yonuv dvigatelli (ICE) avtomobillarini bosqichma-bosqich taqdim etishini bildirdi. 2028-yilgacha davom etadigan yangilanishlar doirasida CT5, XT5 va XT6 modellari qayta ishlab chiqariladi. Ular brendning elektr modellari — Escalade IQ, Vistiq, Lyriq va Optiq qatorini to‘ldiradi.
Yangi XT6 2028-yilda ishlab chiqarila boshlaydi

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi avlod Cadillac XT6 ishlab chiqarilishi 2028-yil o‘rtalarida boshlanadi. Model yangilangan GM C1 platformasida yaratiladi hamda xaridorlarga 6 yoki 7 o‘rinli salon variantlari taklif etiladi.
AQShda ishlab chiqariladi
Yangi XT6 Tennessi shtatidagi Spring Hill Assembly zavodida ishlab chiqariladi. GM ushbu korxonani modernizatsiya qilish uchun $275 million investitsiya kiritishini ham e’lon qilgan. Bu orqali kompaniya ishlab chiqarishni AQShga ko‘proq yo‘naltirib, ichki ishlab chiqarish hajmini yiliga 2 million donadan oshirishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan UzAuto Motors Onix, Tracker va Damas uchun to‘lov shartlarini o‘zgartirgani haqida yozgandi.