Dollar oshdi: 23-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Dollar 22-iyul kuni 26,47 so‘mga oshib, 11 986,56 so‘mga tenglashgan edi
Dollar oshdi: 23-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: Depositphotos

23-iyul uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 62,28 so‘mga oshib, 12 048,24 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

16-iyul kuni 23,49 so‘mga oshib, 12 088,98 so‘mga, 17-iyul kuni 4,37 so‘mga oshib, 12 093,35 so‘mga, 20-iyul kuni esa 62,10 so‘mga tushib, 12 031,25 so‘mga teng bo‘ldi. AQSh valyutasi 21-iyul kuni 71,16 so‘mga tushib, 11 960,09 so‘mga, 22-iyul kuni 26,47 so‘mga oshib, 11 986,56 so‘mga tenglashdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 50,05 so‘mga oshib, 13 741,70 so‘mni, rubl esa 0,79 so‘mga oshib, 152,88 so‘mni tashkil etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollar hafta davomida qanchaga oshgani haqida yozgan edi. 

Shuningdek