Rossiya besh o‘zbekistonlik eksportchiga meva-sabzavot importini cheklaydi

eʼlon qilindi
Cheklovlar 23-iyuldan kuchga kiradi
Fitosanitar nazorat tizimida jamoatchi inspektor faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Foto: Hafiza Muxtorova / SI

Rossiya Veterinariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha federal xizmati (Rosselxoznadzor) 23-iyuldan boshlab fitosanitariya talablarini eng ko‘p buzgan beshta o‘zbekistonlik eksportyorning karantin ostidagi mahsulotlarini import qilishni cheklashini ma’lum qildi.

Qaysi mahsulotlar cheklanadi

Cheklovlar oq va gulkaram, bosh piyoz, shivit, petrushka, uzum, lavlagi, pomidor hamda boshqa qator meva-sabzavot mahsulotlariga tatbiq etiladi.

Sabab — karantin obyektlari aniqlangani

Rosselxoznadzor ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil boshidan buyon O‘zbekistondan olib kirilgan mahsulotlarda 132 ta karantin obyekti aniqlangan. Ular orasida pomidorning jigarrang ajinli mevasi virusi, Janubiy Amerika pomidor kuyasi, g‘arbiy gul tripsi va lavlagi tomirlarining nekrotik sarg‘ayish virusi qayd etilgan.

Eksportyorlar nomi oshkor qilinmadi

Rossiya tomoni mazkur cheklovlar oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda xavfli organizmlar tarqalishining oldini olish maqsadida joriy etilganini bildirdi. Shu bilan birga, cheklov qo‘yilgan besh eksportchi kompaniya nomi ochiqlanmadi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston Kuvaytga 600 ming dollarlik meva-sabzavot eksport qilishi haqida yozgandi.

Shuningdek