Pokistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

eʼlon qilindi
Pokistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi Muhammad Mudassir Tipu
Pokiston O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi
Foto: Baxtiyor Saidov / Telegram

Pokistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi Muhammad Mudassir Tipudan ishonch yorliqlari nusxalari qabul qilindi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xabar berdi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish va oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari alohida ko‘rib chiqildi.

Foto: Baxtiyor Saidov / Telegram

Tomonlar Strategik hamkorlik kengashi doirasidagi mexanizmlarni faollashtirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish va hududlararo aloqalarni rivojlantirishni ustuvor vazifalar sifatida qayd etdi.

O‘zbekiston tomoni ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga tayyorligini bildirdi. Tomonlar strategik sheriklik munosabatlarini yangi mazmun bilan boyitish va amaliy hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha yaqin muloqotni davom ettirishga kelishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Malayziyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi ishonch yorliqlarini topshirgandi. Baxtiyor Saidov Malayziyaning O‘zbekistonga yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor elchisi Rafeda binti Abdul Azizning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. 

Shuningdek