Zohran Mamdani Netanyaxuni hibsga olish vakolati yo‘qligini aytdi

eʼlon qilindi
Uning ma’muriyati amaldagi qonunchilik doirasida mavjud barcha imkoniyatlarni o‘rganib chiqqan
Zohran Mamdani Netanyaxuni hibsga olish vakolati yo‘qligini aytdi
Foto: Getty Images

Nyu-York meri Zohran Mamdani shahar ma’muriyati Binyamin Netanyaxuni Xalqaro jinoiy sud orderi asosida hibsga olish uchun yetarli huquqiy vakolatga ega emasligini ma’lum qildi. Bu haqda u 21-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan videomurojaatida aytdi.

Mamdani so‘zlariga ko‘ra, uning ma’muriyati amaldagi qonunchilik doirasida mavjud barcha imkoniyatlarni o‘rganib chiqqan. Shahar hokimi Nyu-York hukumati Xalqaro jinoiy sud orderini mustaqil ravishda ijro etish vakolatiga ega emasligini tan oldi. Shu bilan birga, u AQSh federal hukumatini sudga qo‘shilish va Netanyaxuga nisbatan chiqarilgan orderni ijro etishga chaqirdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp esa bunday imkoniyatni qat’iyan rad etdi. U Truth Social platformasidagi bayonotida Netanyahu Qo‘shma Shtatlar hududida bo‘lgan vaqtida «hech qanday shaklda hibsga olinmasligini» ta’kidladi. AQSh Rim statutiga a’zo emas va Xalqaro jinoiy sudning o‘z fuqarolari hamda ittifoqchilariga nisbatan yurisdiksiyasini tan olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Mamdani avvalroq shahar yuridik departamenti Netanyahu shaharga tashrif buyurgan taqdirda amaldagi qonunchilik qanday choralar ko‘rishga imkon berishini o‘rganayotganini bildirgani haqidab yozgan edi.

Shuningdek