Parrandachilik uchun 10 foizli imtiyozli kreditlar ajratiladi

Parrandachilik xo‘jaliklari, omixta yem ishlab chiqaruvchilar va yangi loyihalar uchun 10 foiz stavkada, 4 yillik imtiyozli davr bilan kreditlar ajratish tartibi joriy etildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Kreditlar 10 foiz stavkada ajratiladi
Unga ko‘ra, 2026-yil 1-sentabrdan parrandachilik xo‘jaliklari, parranda omixta yem ishlab chiqaruvchilar hamda «tayyor biznes» loyihalarini moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan «Mikrokreditbank» orqali yillik 10 foiz stavkada kreditlar ajratiladi. Ushbu tartib faqat yangi tuziladigan kredit shartnomalariga tatbiq etiladi.
Yangi ishlab chiqarish quvvatlari moliyalashtiriladi
Shuningdek, 2026-yil 1-avgustdan boshlab parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarni ishga tushirish va «tayyor biznes» loyihalarini amalga oshirish uchun ham «Mikrokreditbank» orqali 10 yilgacha muddatga, 4 yillik imtiyozli davr bilan yillik 10 foiz stavkada kreditlar beriladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan To‘raqo‘rg‘onda 50 mln dollarlik parrandachilik loyihasi amalga oshirilayotgani haqida yozgandi.