Davlat qimmatli qog‘ozlari bilan token chiqarishga ruxsat berildi

eʼlon qilindi
Tokenlar ta’minoti sifatida Markaziy bankdagi alohida hisobvaraqda zaxiraga qo‘yilgan milliy yoki xorijiy valyutadagi pul mablag‘laridan foydalaniladi
Davlat qimmatli qog‘ozlari bilan token chiqarishga ruxsat berildi
Foto: Pexels

O‘zbekistonda barqaror tokenlarni davlat qimmatli qog‘ozlari bilan ta’minlagan holda chiqarishga ruxsat berildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Yangi tartibga ko‘ra, maxsus huquqiy rejim doirasida barqaror tokenlarni milliy yoki xorijiy valyuta bilan bir qatorda O‘zbekistonning davlat qimmatli qog‘ozlari bilan ham ta’minlash mumkin bo‘ladi. Barqaror token qiymati milliy yoki xorijiy valyutaning nominal qiymatiga teng bo‘lgan ta’minlangan kripto-aktiv hisoblanadi.

Tartib qanday ishlaydi

Tokenlar ta’minoti sifatida Markaziy bankdagi alohida hisobvaraqda zaxiraga qo‘yilgan milliy yoki xorijiy valyutadagi pul mablag‘laridan foydalaniladi. Shuningdek, emitentga tegishli bo‘lgan va Markaziy depozitariy tomonidan Markaziy bank foydasiga bloklangan davlat qimmatli qog‘ozlari ham ta’minot sifatida qabul qilinadi.

Bunda emitent bloklangan davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromad olish huquqini saqlab qoladi. Depo hisobvaraqlarini ochish, qimmatli qog‘ozlarni bloklash va blokdan chiqarish depozitar operatsiyalar hisobini yuritish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Alohida hisobvaraqdagi pul mablag‘lari qoldig‘i hamda bloklangan davlat qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati muomaladagi barqaror tokenlarning umumiy nominal qiymatidan kam bo‘lmasligi kerak.

Shu bilan birga, barqaror tokenlar ta’minotini shakllantirish uchun kredit mablag‘lari, garovga olingan aktivlar yoki boshqa jalb qilingan mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Avvalroq «Kursiv» kripto-aktivlardan to‘lov vositasi sifatida foydalanish mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek