Shahrisabz ko‘chasida BRT yo‘lagi uchun ta’mirlash ishlari boshlandi

eʼlon qilindi
BRT yo‘lagi Shota Rustaveli ko‘chasidan davom ettiriladi
Magic City hududida avtobuslar uchun ajratilgan yo‘laklar paydo bo‘ldi
Foto: Transport vazirligi

Toshkentning Mirobod tumanidagi Shahrisabz ko‘chasida BRT yo‘lagini tashkil etish bo‘yicha qurilish-ta’mirlash ishlari boshlandi. Ishlar 24-iyul soat 01:00 dan 9-avgust soat 23:00 gacha davom etadi, yo‘l to‘liq yopilmaydi.

BRT yo‘lagi Shota Rustaveli ko‘chasidan davom ettiriladi

Poytaxtda Shota Rustaveli ko‘chasidagi BRT yo‘lagini Shahrisabz ko‘chasi bo‘ylab davom ettirish rejalashtirilmoqda.

Shu munosabat bilan Shahrisabz ko‘chasining Shahrisabz – Mirobod – Shota Rustaveli aylanma chorrahasidan Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida yo‘l BRT yo‘lagi talablariga moslashtiriladi.

Ishlar 1,1 kilometrlik qismda olib boriladi

Xarita: Toshkent shahar YHTEM

Qurilish-ta’mirlash ishlari Shahrisabz ko‘chasining 1,1 kilometrlik qismida amalga oshiriladi. Bu jarayonda yo‘lning markazidagi to‘rtta harakatlanish tasmasida ish olib boriladi.

Ta’mirlash vaqtida mazkur yo‘l qismi transport vositalari uchun to‘liq yopilmaydi. Har ikki yo‘nalishda yo‘lning o‘ng chekkasidagi ikkita harakatlanish tasmasida transport harakati davom etadi.

Mas’ullar haydovchilardan mazkur hududda ehtiyotkorlik bilan harakatlanishni va yo‘l belgilariga amal qilishni so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent – Nurafshon yo‘lida kuniga 130 ming avtomobil o‘tkaza oladigan yo‘l o‘tkazgich ochilgandi. Qiymati 240 milliard so‘m bo‘lgan loyiha Bektemir va O‘rta Chirchiq tumanlari tutashgan hududda amalga oshirildi. Majmua tarkibidan 66 metrlik ko‘prik, 450 metrlik yer osti yo‘li, yer osti piyodalar o‘tish yo‘laklari, aylana yo‘l, piyoda va veloyo‘laklar, avtobus bekatlari hamda tashqi yoritish tizimi o‘rin olgan.

Shuningdek