2,2 mingdan ortiq qalbaki aksizli alkogol fosh etildi

eʼlon qilindi
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda
2,2 mingdan ortiq qalbaki aksizli alkogol fosh etildi
Foto: Departament

Samarqand va Navoiy viloyatlarida jami 101,6 mln so‘mlik 2,2 mingdan ortiq qalbaki aksiz markali hamda tegishli hujjatlarsiz alkogol mahsulotlarining savdoga chiqarilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Departamentning Payariq tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida oilaviy korxona rahbari tumandagi «Qumchuq» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan savdo do‘konida noqonuniy alkogol mahsulotlarini sotayotgani aniqlangan.

Tekshiruv vaqtida do‘konda umumiy qiymati 88,1 mln so‘m bo‘lgan 30 turdagi 2 005 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsuloti savdoga qo‘yilgani ma’lum bo‘lgan. Mazkur mahsulotlar protsessual tartibda ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Buxoroda 269 dona qalbaki aksiz markali alkogol fosh etildi

Shuningdek, Departamentning Buxoro tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda yana bir korxona rahbari Qiziltepa tumanidagi «O‘zbekiston» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan savdo do‘konida tegishli hujjatlarsiz alkogol mahsulotlarini sotayotgani aniqlangan.

Do‘kondan umumiy qiymati 13,5 mln so‘mlik 269 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.

Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri alkogolli ichimliklarni reklama qilgan bloger ma’muriy javobgarlikka tortilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek