Dollar yangi hafta boshida pasayadi: 27-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Dollar 24-iyul kuni 53 so‘mga oshib, 12 101,84 so‘m bo‘ldi
Dollar yangi hafta boshida pasayadi: 27-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: Depositphotos

27-iyul uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 82,76 so‘mga tushib, 12 019,08 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

17-iyul kuni 4,37 so‘mga oshib, 12 093,35 so‘mga, 20-iyul kuni esa 62,10 so‘mga tushib, 12 031,25 so‘mga teng bo‘ldi. AQSh valyutasi 21-iyul kuni 71,16 so‘mga tushib, 11 960,09 so‘mga, 22-iyul kuni 26,47 so‘mga oshib, 11 986,56 so‘mga, 23-iyul kuni 62,28 so‘mga oshib, 12 048,24 so‘mga tenglashdi. 24-iyul kuni 53 so‘mga oshib, 12 101,84 so‘m bo‘ldi.

Yevro kursida ham tushish kuzatildi. Yevropa valyutasi 122.1 so‘mga arzonlab, 13689.73 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli ko‘tarildi. Rubl kursi 0.12 so‘mga oshib, 153.87 so‘mni tashkil qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollar hafta davomida qanchaga oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek