Noqonuniy bo‘shatilgan xodimlar foydasiga 212 mln so‘mdan ortiq mablag‘ undiriladi

eʼlon qilindi
Termiz shahar hokimligi ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini amaldagi qonunchilik talablariga zid ravishda bekor qilgani aniqlandi
Dang‘arada TET xodimlari fuqaroni 16 million so‘mga tushirdi
Foto: Bosh prokuratura departamenti

Ikki nafar fuqaroning murojaati asosida o‘tkazilgan tekshiruvda Termiz shahar hokimligi ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini amaldagi qonunchilik talablariga zid ravishda bekor qilgani aniqlandi. Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi ma’lum qildi.

Sud da’voni to‘liq qanoatlantirdi

Aniqlangan holat yuzasidan Surxondaryo viloyati hududiy Davlat mehnat huquq inspeksiyasi sudga da’vo arizasi kiritdi. Sud da’vo talablarini to‘liq qanoatlantirib, xodimlarni avvalgi lavozimiga tiklash haqida qaror chiqardi.

200 mln so‘mdan ortiq to‘lov undiriladi

Sud qaroriga ko‘ra, majburiy progul davri uchun S. Xonimov foydasiga 103 784 375 so‘m, S. Abdulazizov foydasiga esa 93 762 541 so‘m undiriladi.

Shuningdek, ma’naviy zarar uchun har bir fuqaro foydasiga 7,5 mln so‘mdan, jami 15 mln so‘m kompensatsiya to‘lanishi belgilandi.

Davlat mehnat inspeksiyasi mehnat huquqlari buzilgan holatlarda xodimlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishda davom etishini bildirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yakkasaroy obodonlashtirish boshqarmasi rahbari jarimaga tortilgani haqida yozgandi.

Shuningdek