Toshkent metrosining Yer usti halqa yo‘li soat 22:30 – 06:00 oralig‘ida vaqtincha yopiladi

Toshkent metropolitenining Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida 26-iyul kuni soat 22:30 dan 27-iyul soat 06:00 gacha poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» ma’lum qildi.
Bu vaqt ichida «Qipchoq» bekatida texnik ko‘rik ishlari olib boriladi.
Harakat nega to‘xtatiladi
Unga ko‘ra, yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida Yer usti halqa yo‘li bekatlarining texnik holatini qo‘shimcha ravishda batafsil tekshirish ishlari davom etmoqda.
Mazkur ishlarning yakuniy bosqichi munosabati bilan 26-iyul soat 22:30 dan ushbu yo‘nalishda poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi.
Qachon qayta ochiladi
Ma’lumotga ko‘ra, Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish 27-iyul kuni tonggi soat 06:00 dan qayta yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Qaysi bekatda tekshiruv o‘tkaziladi
Profilaktik ishlar davomida mutaxassislar «Qipchoq» bekatining konstruktiv va texnik holatini belgilangan tartibda sinchkovlik bilan ko‘zdan kechiradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent metrosiga yana uchta yangi poyezd olib kelingani haqida yozgandi.