Qariyb 9 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi

Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 8 kg 840 gramm giyohvandlik vositasi musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
DXX va ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida Termiz tumanida o‘tkazilgan tadbirda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan dala maydonida noma’lum shaxslar qoldirib ketgan 4 kg «gashish» moddasi aniqlandi. Topilgan modda protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

Jizzax viloyatida o‘tkazilgan boshqa tezkor tadbirda esa Zarbdor tumanida yashovchi, 1981-yilda tug‘ilgan shaxs Jizzax shahrida to‘xtatib tekshirildi. Uning yonidagi xo‘jalik qopidan 4 kg 840 gramm kannabis o‘simligi topilib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Hozir tergov doirasida qonunbuzarliklarga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» 2,2 mingdan ortiq qalbaki aksizli alkogol fosh etilgani haqida yozgan edi.
Departamentning Payariq tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida oilaviy korxona rahbari tumandagi «Qumchuq» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan savdo do‘konida noqonuniy alkogol mahsulotlarini sotayotgani aniqlangan.