O‘zbekistonda yarim yilda 2,3 mingta YTH qayd etildi

eʼlon qilindi
YTH
Eng ko‘p YTH Toshkent shahrida qayd etildi
Qo‘qonda Malibu haydovchi uch nafar 10 yoshli qizlarni urib yubordi
Foto: Farg‘ona IIB

2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda 2,3 mingta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Ushbu hodisalar oqibatida 3,3 ming kishi jabrlangan.

Eng ko‘p YTH Toshkent shahrida qayd etildi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hududlar orasida eng ko‘p yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahrida qayd etilgan — 420 ta.

Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati 311 ta, Toshkent viloyati 271 ta, Farg‘ona viloyati 218 ta va Namangan viloyati 196 ta YTH bilan turibdi.

Eng kam hodisa Buxoroda kuzatilgan

Infografika: SI/ Kursiv Uzbekistan

Eng kam yo‘l-transport hodisasi Buxoro viloyatida qayd etilgan — 48 ta. Sirdaryo viloyatida 50 ta, Jizzax viloyatida 75 ta, Navoiy viloyatida esa 83 ta YTH sodir bo‘lgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 114 ta, Surxondaryo viloyatida 120 ta, Qashqadaryo viloyatida 135 ta, Andijon viloyatida 160 ta, Xorazm viloyatida esa 85 ta hodisa qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Muruntov» konida «BelAZ» pikapni bosib ketib, ikki kishi halok bo‘lgandi. Dastlabki rasmiy ma’lumotlarda yo‘l-transport hodisasida avtoag‘dargich va xizmat avtomashinasi ishtirok etgani aytilmoqda. Hodisa oqibatida ikki nafar ishchi-xodim halok bo‘lgan.

Shuningdek