Inson taraqqiyoti indeksi: Qozog‘iston MDHda yetakchi bo‘ldi. O‘zbekiston-chi

eʼlon qilindi
Mazkur indeks aholining uzoq va sog‘lom umr ko‘rishi, ta’lim olish imkoniyati hamda munosib turmush darajasini baholaydi
Inson taraqqiyoti indeksi: Qozog‘iston MDHda yetakchi bo‘ldi
Foto: Pexels

Qozog‘iston Inson taraqqiyoti indeksi bo‘yicha Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida yetakchi bo‘ldi. BMT Taraqqiyot dasturining 2025-yilgi hisobotida mamlakat 193 ta davlat va hudud orasida 60-o‘rinni egalladi.

Hisobot 2023-yil ma’lumotlari asosida tuzilgan. Qozog‘istonning Inson taraqqiyoti indeksi 0,837 ni tashkil etib, mamlakat juda yuqori inson taraqqiyotiga ega davlatlar guruhiga kiritildi.

Hujjatdan ekran tasviri

Mazkur indeks aholining uzoq va sog‘lom umr ko‘rishi, ta’lim olish imkoniyati hamda munosib turmush darajasini baholaydi. Hisob-kitobda tug‘ilgandagi kutilayotgan umr davomiyligi, ta’lim olishning kutilayotgan va o‘rtacha muddati, shuningdek, xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha aholi jon boshiga yalpi milliy daromad hisobga olinadi.

Boshqa davlatlar

Hujjatdan ekran tasviri

Mintaqadagi keyingi o‘rinlarni Rossiya 0,832 ko‘rsatkich bilan 64-o‘rinda, Belarus 0,824 bilan 65-o‘rinda va Armaniston 0,811 bilan 69-o‘rinda egalladi. Ushbu mamlakatlar ham juda yuqori inson taraqqiyoti guruhiga kiritilgan.

O‘zbekistonning indeksi 0,740 ni (107) tashkil etdi va mamlakat yuqori inson taraqqiyotiga ega davlatlar toifasidan joy oldi. Ushbu guruhga Ozarbayjon (81), Moldova(86), Ukraina(87), Turkmaniston (95) va Qirg‘iziston (117) ham kiritilgan. Tojikiston esa 0,691 (128) ko‘rsatkich bilan o‘rta inson taraqqiyoti darajasida qolgan.

Avvalroq «Kursiv» Qozog‘istonda neft qazib olish 21 foizga qisqargani haqida yozgan edi.

Shuningdek