1-avgustdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan 1-avgustdan O‘zbekistonda yuz beradigan o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumotlarni bir joyga jamladi
1-avgustdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi
Foto: Kontent tayyorlash markazi

Kursiv Uzbekistan 1-avgustdan O‘zbekistonda yuz beradigan o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumotlarni bir joyga jamladi.

Ushbu maqolada siz quyidagilar bilan tanishishingiz mumkin:

1-avgustdan eskirgan avtomobilni topshirganda avtokredit foizi qoplanadi

Tadbirkorlar bojxonada qolib ketgan avtomobillarni qayta rasmiylashtirish taklifini berdi
Foto: RBK

 1-avgustdan trade-in dasturi doirasida eskirgan transport vositalarini topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi avtomobil xaridi uchun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi.

Ekologik tadbirlar doirasida 2026-yil yakuniga qadar Toshkent shahri «qizil», «sariq» va «yashil» zonalariga ajratiladi, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida esa chang bo‘ronlariga qarshi «yashil devor»lar barpo etilishi rejalashtirilgan.

1-avgustdan poytaxt va uning atrofidagi issiqxonalarga gaz yetkazib berish to‘xtatiladi

Buxoro viloyatidagi besh ming xonadonda issiqxonalar tashkil etiladi
Foto: Smartm

Toshkent shahri va unga tutash hududlarda faoliyat yuritayotgan issiqxonalar uchun 1-avgustdan boshlab tabiiy gaz yetkazib berish to‘liq to‘xtatiladi. 

Shu bilan birga, 1-iyundan boshlab poytaxt va uning atrofidagi ayrim tumanlarda zararli yoqilg‘ilar bilan ishlaydigan yangi issiqxonalar tashkil etish ham taqiqlanadi.

Amaldagi issiqxonalarga nisbatan ham talablar keskin kuchaytiriladi. Xususan, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari sezilarli oshiriladi, atrof-muhitni ifloslantiruvchi yoqilg‘ilarni qo‘llagan xo‘jaliklar uchun esa kompensatsiya to‘lovlari bir necha barobar ko‘paytiriladi. Bundan tashqari, ularga ajratiladigan subsidiyalar va yangi kreditlar hajmi qisqartiriladi.

Tadbirkorga erkinlik: «Yagona davlat nazorati» mobil ilovasi ishga tushiriladi

«Yagona davlat nazorati» mobil ilovasi ishga tushiriladi
«Yagona davlat nazorati» mobil ilovasi ishga tushiriladi / Foto: Hafiza Muxtorova / SI

1-avgustdan boshlab esa davlat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar vakillari hamda tadbirkorlar o‘rtasidagi nazorat tadbiriga kirmaydigan muloqotlar «Yagona davlat nazorati» tizimida qayd etib boriladi. Barcha tekshiruvlar, jumladan jinoyat ishlari doirasidagi tekshiruvlar ham tizimda ro‘yxatdan o‘tkaziladi va «Biznes himoya» QR-kodi joriy etiladi.

Bundan tashqari, tekshiruv huquqiga ega bo‘lmagan yoki rejalashtirilmagan nazoratchi tomonidan tadbirkorlik faoliyatiga aralashuv holatlari real vaqt rejimida tizim orqali xabardor qilinadi. Bu orqali noqonuniy aralashuvlarning oldini olish ko‘zda tutilmoqda.

Xavfsizlik qoidabuzarliklari haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Kimyo mahsulotlari importi yiliga 4,5 milliard dollarga yetdi
Foto: Hafiza Muxtorova / Si

O‘zbekistonda sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoidalari buzilishi haqida xabar bergan fuqarolarni rag‘batlantirish tizimi joriy etilmoqda.

2026-yil 1-avgustdan boshlab xavfli ishlab chiqarish obyektlari va texnik qurilmalardan foydalanishda aniqlangan huquqbuzarliklar haqida Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasiga foto va (yoki) videomateriallar orqali xabar berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur tartib orqali murojaat qilgan shaxslarni rag‘batlantirish ham nazarda tutilgan.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, taqdim etiladigan materiallarda huquqbuzarlikning mohiyati, sodir etilgan manzil (geolokatsiya), sana va vaqt aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi shart. Bu talablar kelib tushgan ma’lumotlarni tezkor va aniq ko‘rib chiqish imkonini beradi.

1-avgustdan soliq organlarining mijozlarga yo‘naltirilganlik indeksi joriy etiladi

Foto: Soliq

1-avgustdan soliq organlarining mijozlarga yo‘naltirilganlik indeksi joriy etiladi. Bu prezidentning soliq organlari faoliyatini takomillashtirishga oid farmonida keltirilgan.

Ushbu indeks orqali soliq to‘lovchilar xizmatlar sifati, qulayligi va soliq majburiyatlarini bajarishga ketadigan vaqtni baholashi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, 2030-yilgacha Jahon bankining «Business ready» reytingida soliq yo‘nalishi bo‘yicha birinchi darajaga chiqish maqsad qilingan.

Fitosanitar nazorat tizimida jamoatchi inspektor faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Fitosanitar nazorat tizimida jamoatchi inspektor faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Fitosanitar nazorat tizimida jamoatchi inspektor faoliyati yo‘lga qo‘yiladi / Foto: Hafiza Muxtorova / SI

O‘zbekistonda meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportini soddalashtirish hamda fitosanitar nazoratni takomillashtirish uchun tizimda jamoatchi inspektor faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. 

Prezidentning «Fitosanitariya tartib-taomillarini soddalashtirish hamda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish jarayonlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

1-avgustdan boshlab karantindagi mahsulotlar fitosanitar nazoratida xavflarni boshqarishga asoslangan tanlab olishning avtomatlashtirilgan mexanizmi joriy etiladi. Mazkur tizim «E-Fitouz» elektron portali orqali shakllantiriladi va Bojxona qo‘mitasining «Yagona darcha» axborot tizimi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri integratsiya qilinadi.

Qozog‘iston O‘zbekiston olmasiga taqiq joriy etadimi

Qozog‘iston O‘zbekiston olmasiga taqiq joriy etadimi
Foto: Pexels

Qozog‘iston olma importini vaqtincha taqiqlash loyihasini ko‘rib chiqmoqda. Tegishli buyruq loyihasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Ochiq normativ-huquqiy hujjatlar portalida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.

Hujjatga ko‘ra, cheklov 2026-yil 1-avgustdan 31-dekabrgacha amal qilishi mumkin. Taqiq olmani avtomobil, temiryo‘l va suv transporti orqali olib kirishga nisbatan qo‘llanadi. U Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari hamda uchinchi mamlakatlardan import qilinadigan mahsulotlarga taalluqli bo‘ladi.

Mehnat nizolari bo‘yicha alohida sudyalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

sudya
Foto: Zoon.ru

O‘zbekistonda mehnat nizolarini ko‘rib chiqishga ixtisoslashgan sudyalar korpusi tashkil etiladi.

Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-avgustdan boshlab fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning amaldagi shtat birliklari doirasida mehnat nizolarini ko‘rib chiqishga ixtisoslashgan sudyalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Yangi tizimga ko‘ra:

  • Oliy sudning Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida 4 nafar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarida 3 nafardan ixtisoslashgan sudya faoliyat yuritadi.

Shuningdek, Nukus, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Karmana, Namangan, Termiz, Ohangaron, Farg‘ona va Urganch tumanlararo sudlarida 2 nafardan, Samarqand shahar, Kattaqo‘rg‘on, O‘rta Сhirchiq, Yangiyo‘l hamda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Shayxontohur, Uchtepa va Yakkasaroy tumanlararo sudlarida ham belgilangan miqdorda ixtisoslashgan sudyalar ish olib boradi.

Izmir va Toshkent o‘rtasida muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

Izmir va Toshkent o‘rtasida muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yiladi
Foto: Sunexpress

Turkiyaning SunExpress aviakompaniyasi 2026-yil 1-avgustdan Izmir – Toshkent – Izmir yo‘nalishida muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Reyslar haftasiga to‘rt marta amalga oshiriladi.

Yangi yo‘nalishda 189 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan Boeing 737-800 samolyotlari qatnaydi. Bu Toshkent va Izmir o‘rtasidagi ilk to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam aviaqatnov bo‘ladi.

Avvalroq «Kursiv» nashri 1-iyundan O‘zbekistonda nimalar o‘zgarishi haqida yozgandi.

Shuningdek