O‘zbekistonliklar Dubayda oyiga 2,2 ming dollar maoshli ishga taklif etilmoqda

eʼlon qilindi
80 nafar xodim ishga qabul qilinadi

O‘zbekistonlik fuqarolar uchun BAAning Dubay xalqaro aeroportida yangi ish o‘rinlari e’lon qilindi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, aeroportning biznes va birinchi toifa yo‘lovchilari uchun mo‘ljallangan maxsus kutish zallariga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishi bo‘yicha 80 nafar xodim ishga qabul qilinadi.

Nomzodlarga qanday talablar qo‘yilgan

Tanlovda 20–30 yosh oralig‘idagi erkak va ayollar ishtirok etishi mumkin. Nomzodlar mehmonxona va restoran xizmati yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi, ovqat va ichimliklar servisi sohasida kamida bir yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi hamda ingliz tilini kamida B2 darajada bilishi talab etiladi. IELTS, TOEFL yoki boshqa xalqaro til sertifikatiga ega bo‘lganlarga ustunlik beriladi.

Maosh va mehnat sharoitlari

Mehnat shartnomasi 2 yil muddatga tuziladi. Ish vaqti kuniga 8 soat, oylik maosh esa 8 226 BAA dirhami ($2250)ni tashkil etadi. Mazkur daromaddan soliq ushlab qolinmaydi.

Qaysi xarajatlarni ish beruvchi qoplaydi

Ish beruvchi ishchi vizasi, O‘zbekiston–BAA aviachiptasi, aeroportdan transfer, ish ruxsatnomasi, tibbiy sug‘urta, turar joy, ovqatlanish hamda ish joyiga transport xarajatlarini o‘z zimmasiga oladi.

Arizalar 13-avgustgacha qabul qilinadi

Nomzodlarning hujjatlari 3–7 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Talablarga mos kelganlar 20–25-avgust kunlari o‘tkaziladigan onlayn suhbat bosqichiga taklif etiladi. Arizalar 13-avgustga qadar qabul qilinadi.

Avvalroq «Kursiv» nashri Lukashenko yana o‘zbekistonlik migrantlar haqida gapirganini yozgandi.

Shuningdek