3,5 mln dollar kredit uchun 420 ming dollar talab qilganlar ushlandi

eʼlon qilindi
Tergov harakatlari davom etmoqda
3,5 mln dollar kredit uchun 420 ming dollar talab qilganlar ushlandi
Foto: DXX

Toshkent shahrida tadbirkorga $3,5 mln miqdorida imtiyozli kredit ajratib berishni va’da qilib, buning evaziga $420 ming talab qilgan ikki shaxs ushlandi. Bu haqda DXX xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, xususiy aksiyadorlik tijorat banklaridan birining Olmazor filialidagi bank xizmatlari markazi yuristi hamda Yangiyo‘l tumanida yashovchi, 1979-yilda tug‘ilgan va muqaddam sudlangan shaxs o‘zaro til biriktirgan.

Ish oson bitishi uchun 12 foizlik «to‘lov»

Foto: DXX

Ular tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kirib, uning nomiga $3,5 mln imtiyozli kredit ajratilishiga yordam berishlarini aytgan. Buning evaziga kredit summasining 12 foizini, ya’ni $420 mingni «xizmat haqi» sifatida talab qilishgan.

Gumonlanuvchilar so‘ralgan mablag‘ning $50 mingini oldindan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda har ikki shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri 32 sotix yer va 5 ming dollarlik soxta kadastr siri ochilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek