Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga yetib bordi — foto

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga bordi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ostona aeroportida rasmiy kutib olish marosimi




Davlat rahbarini Ostona xalqaro aeroportida Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov hamda boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Mirziyoyev tashrifining asosiy maqsadi



Tashrif dasturiga muvofiq, Mirziyoyev Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan «Kelajak o‘yinlari» (Games of the Future) uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.
Musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar ham qatnashadi
29-iyuldan 9-avgustgacha davom etadigan musobaqada 50 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etadi. Unda O‘zbekiston sportchilari ham an’anaviy sport va raqamli texnologiyalarni uyg‘unlashtirgan yo‘nalishlarda bahs olib boradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mirziyoyev to‘qqizta davlatning yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilgani haqida yozgandi.