Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi

eʼlon qilindi
Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadi
Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi
Foto: prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 30-iyul kuni davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi. Tashrif Sadir Japarovning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda va 1-avgustgacha davom etadi.

Cho‘lponota shahrida ikki davlat rahbarining oliy darajadagi muzokaralari o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik hamda strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.

Tashrifdan maqsad nima

Foto: prezident matbuot xizmati

Tomonlar o‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, transport sohasidagi bog‘liqlikni rivojlantirish hamda madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratadi. Shuningdek, davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini imzolash rejalashtirilgan.

Tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvida hamda boshqa tadbirlarda ishtirok etadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Mirziyoyev Ostonada «Kelajak o‘yinlari» xalqaro musobaqasining ochilish marosimida qatnashgani haqida yozgan edi.

Shuningdek