3-avgust kuni qator poyezdlar qatnovi bekor qilinadi — ro‘yxat

eʼlon qilindi
Temir yo‘lda ta’mirlash ishlari olib boriladi
Afrosiyob
Foto: Unsplash

3-avgust kuni «Angren – Ko‘l» bekatlari oralig‘ida temir yo‘l izlarida kapital ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli ayrim yo‘lovchi poyezdlarining qatnovi bir reysga bekor qilinadi, ayrim yo‘nalishlarda esa harakat jadvali o‘zgartiriladi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabar berdi.

Qaysi poyezdlar bekor qilinadi

Unga ko‘ra, quyidagi qatnovlar bekor qilinadi:

  • 2-avgust — 734-sonli Toshkent – Andijon poyezdi;
  • 2-avgust — 92-sonli Toshkent – Andijon poyezdi;
  • 3-avgust — 733-sonli Andijon – Toshkent poyezdi;
  • 3-avgust — 730/729-sonli Toshkent – Andijon – Toshkent poyezdi;
  • 3-avgust — 94-sonli Toshkent – Andijon poyezdi.

Ayrim poyezdlar Toshkent Janubiy bekatigacha qatnaydi

Shuningdek, ayrim yo‘lovchi poyezdlarining yo‘nalishiga vaqtinchalik o‘zgartirish kiritiladi.

Jumladan, 2-avgust kuni 126/125-sonli Xiva – Andijon poyezdi Xivadan Toshkent Janubiy bekatigacha amaldagi jadval asosida harakatlanadi.

3 va 4-avgust kunlari 125/126-sonli Andijon – Xiva poyezdi Toshkent Janubiy bekatidan Xivagacha qatnaydi.

Bundan tashqari, 3-avgust kuni 129/130-sonli Andijon – Termiz poyezdi ham Toshkent Janubiy bekatidan Termizgacha harakatlanadi.

Chipta puli to‘liq qaytariladi

Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha oldindan xarid qilingan chiptalar qiymati amaldagi tartibda to‘liq qaytarilishi ma’lum qilindi.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ yo‘lovchilardan yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘radi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Jaloliddin Manguberdi» elektropoyezdi endi ikki tarkibda harakatlanishi haqida yozgandi.

Shuningdek