Akademik litseylarga kirish bo‘yicha mandat e’lon qilindi

2026/2027-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari (mandat) e’lon qilindi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Abituriyentlar natijalarni my.edu.uz va my.gov.uz platformalaridagi «Shaxsiy kabinet» orqali bilishlari mumkin.
Qabul ustuvorlik asosida amalga oshiriladi
Vazirlik ma’lum qilishicha, o‘quvchilar test sinovida to‘plagan ballari hamda tanlagan akademik litseylar ustuvorligidan kelib chiqib o‘qishga qabul qilinadi.
Apellyatsiya uchun 3 ish kuni beriladi
Belgilangan tartibga ko‘ra, test natijalaridan norozi bo‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida my.edu.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda apellyatsiya shikoyatini yuborishlari mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 30-iyundan diniy ta’lim muassasalariga qabul boshlanishi haqida yozgandi.