O‘zbekistonda Davlat budjetini tuzish va ijro etish tartibi yangilandi

eʼlon qilindi
Yangi tartib Budjet kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar asosida ishlab chiqilgan
Dang‘arada TET xodimlari fuqaroni 16 million so‘mga tushirdi
Foto: Bosh prokuratura departamenti

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi idoraviy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Mahalliy Kengashlarning vakolatlari kengaytirildi

Yangi tartib Budjet kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar asosida ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, mahalliy budjetlarni rejalashtirishda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining vakolatlari kengaytirildi. Endilikda ular daromadlar prognozi, xarajatlarning dastlabki hajmi va budjetlararo transfertlar bo‘yicha takliflarni shakllantirishda faol ishtirok etadi.

Samarasiz xarajatlar qisqartiriladi

Qoidalarga muvofiq, budjet so‘rovlaridagi asossiz yoki samaradorligi past xarajatlarni qisqartirish mexanizmi joriy etildi. Bildirishnoma olgan tashkilotlar 3 ish kuni ichida yangilangan budjet so‘rovini taqdim qilishi kerak bo‘ladi.

Rivojlantirish dasturlari kamida 3 yilga mo‘ljallanadi

Shuningdek, budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning rivojlantirish dasturlari endilikda kamida 3 yil muddatga tuziladi. Dasturlarda aniq natija ko‘rsatkichlari va kutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik aks ettirilishi belgilandi.

Budjet ssudalari bo‘yicha yangi muddatlar joriy etildi

Mahalliy budjetlarga budjet ssudasi ajratish haqidagi talabnomalar 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Natija haqida arizachiga 1 ish kuni ichida xabar beriladi.

Davlat moliyasi barqarorligini baholash tartibi belgilandi

Yangi qoidalarga muvofiq, davlat moliyasi barqarorligini baholash uchun umumiy fiskal balansni shakllantirish va hisoblash tartibi ham joriy etildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2027-yil iqtisodiy rejalari «safarbarlik ssenariysi» asosida ishlab chiqilishi haqida yozgandi.

Shuningdek