Chevrolet kompaniyasi qimmat avtomobil ustida ishlamoqda

31-iyul 2026 08:00 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet kompaniyasi qimmat avtomobil ustida ishlamoqda
Foto: Chevrolet

Chevrolet kompaniyasi yangi krossover ishlab chiqmoqda. Zavod ichida 9BXX-2 indeksi bilan yuritilayotgan model kompaniya qatorida Trailblazer va Tracker oralig‘idan joy olishi kutilmoqda. Bu haqda Auto.mail nashri xabar bermoqda.

Yangi avtomobil haqidagi ma’lumot General Motors’ning Janubiy Koreyadagi korxonasi xodimlari bilan mehnat munosabatlarini tartibga solish jarayonida ma’lum bo‘ldi. Tomonlar o‘rtasidagi yangi kelishuvga kompaniyaning krossover ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish majburiyati ham kiritilgan.

Janubiy Koreyaning Daum portali ma’lumotlariga ko‘ra, General Motors muhandislari kelajakdagi modelning dizayni, platformasi va asosiy butlovchi qismlarini ishlab chiqishni yakunlagan. Biroq avtomobilni seriyali ishlab chiqarish uchun kompaniyaning AQShdagi bosh ofisi loyihani tasdiqlashi kerak.

Sinov ishlab chiqarishi 2027-yilda boshlanishi mumkin

Foto: Chevrolet

General Motors yangi loyiha uchun ajratiladigan investitsiyalar miqdorini 2027-yilning uchinchi choragigacha tasdiqlashni rejalashtirmoqda. Shu davrda krossoverning dastlabki namunalarini ishlab chiqarish va sinovdan o‘tkazish jarayonlari ham boshlanishi kutilmoqda.

Hozircha yangi modelning texnik xususiyatlari, dvigatellari va jihozlanishi haqida rasmiy ma’lumot berilmagan. Taxminlarga ko‘ra, avtomobil elektrlashtirilgan kuch qurilmasiga ega bo‘lishi mumkin. Bunga General Motors’ning Janubiy Koreyadagi ishlab chiqarish majmuasiga katta miqdorda sarmoya kiritayotgani va zavod faoliyatining ekologik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga intilayotgani sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.

Yangi Chevrolet krossoverining rasmiy taqdimoti 2029 yoki 2031-yilda o‘tkazilishi mumkin. Modelning yakuniy nomi va qaysi bozorlarda sotilishi hozircha ma’lum qilinmagan.

Avvalroq «Kursiv» yangi Chevrolet Damas 3 haqida yozgan edi.

Shuningdek