Namangan va Toshkent viloyatida 11,7 kg giyohvandlik moddasi musodara qilindi

eʼlon qilindi
Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda
Namangan va Toshkent viloyatida 11,7 kg giyohvandlik moddasi musodara qilindi
Videodan ekran tasviri

Namangan va Toshkent viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda jami 11,7 kg giyohvandlik moddasi musodara qilindi. Davlat xavfsizlik xizmatiga ko‘ra, holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namanganda «Neksiya»dan gashish topildi

Namangan shahri hududida harakatlanayotgan «Neksiya» avtomobili to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan, avval giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangan 1978-yilda tug‘ilgan fuqaroning sellofan paketida 944 gramm gashish borligi aniqlangan.

Giyohvandlik moddasi $9,9 mingga sotib olingani aytilmoqda

Tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro ushbu giyohvandlik vositasini Namangan shahrida yashovchi 1982-yilda tug‘ilgan shaxsdan $9,9 mingga sotib olgani ma’lum bo‘lgan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur shaxs ham ushlangan. Undan $9,2 ming va 18,4 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.

Andijonlik ikki shaxsdan 9,8 kg modda olindi

Tadbirning keyingi bosqichida giyohvandlik vositasini yetkazib bergani aytilayotgan Andijon viloyatida yashovchi ikki shaxs ham ushlangan.

Ular ketayotgan «Lacetti» avtomashinasidan 9,8 kg gashish moddasi olingan.

Bekobodda «zakladka» orqali yashirilgan modda aniqlandi

Toshkent viloyatida DXX xodimlari Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda yana bir tezkor tadbir o‘tkazgan.

Unda Bekobod shahrida narkokuryerlar tomonidan «zakladka» usulida yashirib ketilgan 977 gramm gashish moddasini qabul qilib olayotgan vaqtda 1985-yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro ushlangan.

Hozirda har ikkala holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilarga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 8 kg 840 gramm giyohvandlik vositasi musodara qilingandi. DXX va ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida Termiz tumanida o‘tkazilgan tadbirda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan dala maydonida noma’lum shaxslar qoldirib ketgan 4 kg «gashish» moddasi aniqlandi.

Shuningdek