«Bunyodkor» futbol klubiga 5 mlrd so‘m va Miroboddagi bolalar maydonchasi — 1-avgust yangiliklari

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan dayjesti

«Bunyodkor» futbol klubiga 5 mlrd so‘m va Miroboddagi bolalar maydonchasi — 1-avgust yangiliklari Kursiv Uzbekistan dayjestida.

O‘zbekistonda iste’mol lizingini joriy etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda iste’mol lizingini joriy etish rejalashtirilmoqda
Foto: depositphotos

O‘zbekistonda jismoniy shaxslar uchun iste’mol lizingini yo‘lga qo‘yish taklif qilinmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tayyorlagan qonun loyihasida fuqarolarga tadbirkorlik bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda lizing asosida mol-mulk olish imkoniyatini yaratish ko‘zda tutilgan.

Talabalar turarjoyi uchun arizalar qabuli boshlandi

Ayrim toifadagi talabalarga turar joy xarajatlari qoplab beriladi
Foto: yandex

1-avgustdan boshlab talabalar turarjoyiga joylashish uchun arizalarni my.gov.uz portali orqali yuborish mumkin. Arizalar qabuli o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

iPhone 18 Pro narxi kamida 300 dollarga oshishi mumkin

iPhone 18 Pro narxi kamida 300 dollarga oshishi mumkin
Foto: ITC.ua

Apple’ning sentabr oyida taqdim etilishi kutilayotgan iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max modellari hozirgi iPhone 17 Pro seriyasiga qaraganda kamida $250–300 ga qimmatroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda tahlilchi Jeff Pu ma’lum qildi.

Tahlilchiga ko‘ra, yangi iPhone 18 Pro modellari narxining oshishiga ikki asosiy omil ta’sir qilmoqda. Birinchisi — 2 nanometrli texnologiya asosida ishlab chiqariladigan A20 chiplarining qimmatlashuvi.

Pedagoglar attestatsiyasi uchun arizalar qabuli boshlandi

Pedagoglar attestatsiyasi uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi tasdiqlandi
Foto: Pixabay

1-avgustdan boshlab pedagog kadrlarning navbatdagi va navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etishi uchun arizalar qabuli boshlandi. O‘qituvchilar arizani my.gov.uz portali yoki MyGov mobil ilovasi orqali onlayn yuborishi mumkin.

Pedagoglar attestatsiyaga ariza berish uchun my.gov.uz portali yoki MyGov mobil ilovasiga kiradi. U yerda «Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish» xizmati tanlanadi.

Mirziyoyev Issiqko‘lda suv-motor sporti chempionati ochilishida ishtirok etdi — foto

Mirziyoyev Issiqko‘lda suv-motor sporti chempionati ochilishida ishtirok etdi
Foto: prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Issiqko‘lda suv-motor sporti bo‘yicha Qirg‘iziston Gran-prisining ochilish marosimida ishtirok etdi. Tadbir Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvi doirasida o‘tkazildi.

Marosimda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston prezidentlari ishtirok etdi. Davlat rahbarlari musobaqa qatnashchilari va mehmonlarini qutladi.

«Bunyodkor» futbol klubiga 5 mlrd so‘m ajratildi

«Bunyodkor» futbol klubiga 5 mlrd so‘m ajratildi
Rasm: PFL.uz

«Bunyodkor» futbol klubiga hukumat tomonidan 5 mlrd so‘m miqdorida moliyaviy yordam ajratildi. Klub matbuot xizmatiga ko‘ra, mablag‘ prezidentning sport sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qarori asosida berilgan. «Bunyodkor» matbuot xizmati klubga amaliy yordam berila boshlanganini bildirdi.

Toshkentdagi ayrim ko‘chalar yopilishi sabab 9 ta avtobus yo‘nalishi o‘zgardi

Magic City hududida avtobuslar uchun ajratilgan yo‘laklar paydo bo‘ldi
Foto: Transport vazirligi

Toshkentda 31-iyuldan 3-avgust kuni soat 22:00 gacha Oqqo‘rg‘on va Parkent ko‘chalarining ayrim qismlari avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Shu munosabat bilan ushbu hududdan o‘tuvchi bir qator avtobus yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgartiriladi.

Cheklov Oqqo‘rg‘on ko‘chasining Osiyo ko‘chasidan Mustaqillik ko‘chasigacha bo‘lgan bir tomonlama qismiga taalluqli bo‘ladi.

Prezident stipendiyasi uchun arizalar qabuli boshlandi

O‘zbekistonda talabalar soni 1,5 milliondan oshdi
Foto: Statistika qo’mitasi

1-avgustdan boshlab Respublika nomdor davlat stipendiyalari va Prezident davlat stipendiyasiga arizalar qabuli boshlandi. Hujjatlar 15-avgustga qadar my.edu.uz platformasi orqali elektron shaklda topshiriladi.

Tanlovda oliy ta’lim muassasasining birinchi bosqich saralashidan muvaffaqiyatli o‘tgan iqtidorli bakalavriat talabalari ishtirok etadi.

Miroboddagi bolalar maydonchasi buzilishi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

Mirobodda bolalar maydonchasi buzilishi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi
Foto: «Rasmiy axborot» telegram kanali

Toshkentning Mirobod tumanida bolalar maydonchasi va sport o‘yingohlari o‘rnida olib borilgan qurilish ishlari yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Holat bo‘yicha «Al-Latif Hearts Tower» MChJ mansabdor shaxslari va boshqa shaxslarga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek