O‘zbekistonda 2-avgust kuni havo 43 darajagacha isiydi

2-avgust kuni O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, kunduzi havo harorati 36–41 daraja, janubiy va cho‘l hududlarning ayrim joylarida esa 42–43 darajagacha ko‘tariladi. Shamol soniyasiga 7–12 metr tezlikda esib, ba’zi joylarda 13–18 metrgacha kuchayishi mumkin. Ayrim hududlarda chang-to‘zon kuzatilishi ehtimoli bor.
Poytaxtda 40 darajagacha chiqadi
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Havo harorati 38–40 darajani tashkil etadi. Shamol soniyasiga 3–8 metr tezlikda esadi, kechga tomon 10–12 metrgacha kuchayib, ayrim joylarda chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin.
Tog‘li hududlarda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol soniyasiga 9–14 metr tezlikda esadi, havo harorati 29–34 daraja bo‘ladi.
Avvalroq «Kursiv» nashri dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.
Ushbu kunlarda havo, asosan, kam bulutli bo‘ladi. Respublika hududining katta qismida issiq ob-havo saqlanib turadi. Ayrim joylarda shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Ba’zi hududlarda shamol chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.