Samsung Galaxy S26 FE qanday kamerada chiqadi

2-avgust 2026 11:04 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy S26 FE qanday kamerada chiqadi
Foto: Gizmochina

Samsung kompaniyasining yangi taqdim etiladigan Samsung Galaxy S26 FE smartfoni kameralari va boshqa texnik xususiyatlari haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Android Authority xabariga ko‘ra, ichki hujjatlarda «r14» kod nomi bilan qayd etilgan qurilma avvalgi Galaxy S24 FE va S25 FE modellaridagi nomlash tartibini davom ettiradi.

Smartfonning asosiy kamerasi 50 megapikselli Samsung ISOCELL S5KGN3 sensori bilan jihozlanishi kutilmoqda. Xuddi shu sensor Galaxy S24 FE va S25 FE modellarida ham ishlatilgan. Uning o‘lchami 1/1,57 dyuym, piksel hajmi 1 mikrometr bo‘lib, f/1.8 diafragma, fazali avtofokus va optik barqarorlashtirish tizimini qo‘llab-quvvatlaydi.

Qo‘shimcha imkoniyatlar

Telefoto kamera 8 megapikselli OmniVision OV08A1 sensori asosida ishlashi mumkin. U uch karra optik yaqinlashtirish, f/2.4 diafragma, fazali avtofokus va optik barqarorlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, qurilmada yana ikkita 12 megapikselli kamera o‘rnatilishi aytilmoqda. Ulardan biri ultra keng burchakli, ikkinchisi esa old kamera vazifasini bajaradi. Barcha kameralar soniyasiga 60 kadr tezlikda 4K video yozishni qo‘llab-quvvatlashi, asosiy kamera esa 30 kadr tezlikdagi 8K formatda tasvirga olishi kutilmoqda.

Galaxy S26 FE uch nanometrli texnologiya asosida ishlab chiqarilgan Exynos 2500 protsessori bilan jihozlanishi mumkin. Smartfon 4 900 mA/soat sig‘imli batareya va 45 vattli tezkor quvvatlash tizimiga ega bo‘lishi aytilmoqda. Qurilmaga 120 Hz yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlovchi 6,7 dyuymli Dynamic AMOLED 2X ekran o‘rnatilishi kutilmoqda.

Galaxy S26 FE’ning rasmiy taqdimoti 1-sentabr atrofida o‘tkazilishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S27 Ultra kutilganidek chiqmasligi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek