Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan iste’foga chiqdi

eʼlon qilindi
Hukumatning iste’foga chiqishi mamlakatda hokimiyat almashishini anglatmaydi
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan iste’foga chiqdi
Foto: depositphotos

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan yangi chaqiriq Milliy majlisining ilk yig‘ilishi boshlangan kuni iste’foga chiqdi. Bu haqda Armenia Today xabar berdi.

Bu qanday ishlaydi

Hukumatning iste’foga chiqishi mamlakatda hokimiyat almashishini anglatmaydi. Vazirlar Mahkamasi yangi tarkib shakllantirilguniga qadar o‘z vazifalarini bajarishda davom etadi. Armaniston qonunchiligiga ko‘ra, yangi chaqiriq parlamenti ish boshlagan birinchi kuni hukumatning vakolatlari avtomatik ravishda tugaydi. Shundan so‘ng prezident parlament ko‘pchiligi taqdim etgan nomzodni bosh vazir etib tayinlaydi.

Pashinyan 30-iyul kuni amaldagi tarkibdagi hukumatning navbatdagi majlisi so‘nggisi bo‘lishini ma’lum qilgan edi. 7-iyun kuni o‘tkazilgan parlament saylovlarida uning «Fuqarolik shartnomasi» partiyasi g‘alaba qozonib, parlamentdagi ko‘pchilik o‘rinlarni egalladi. Shu sababli siyosiy kuch yangi hukumatni mustaqil ravishda shakllantirish huquqiga ega.

Pashinyanning iste’fosi protsessual xarakterga ega bo‘lib, yangi parlament ish boshlaganidan keyin Konstitutsiya talablarini bajarish bilan bog‘liq. U yana bosh vazir lavozimiga tayinlanishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Mirziyoyev Armaniston bosh vazirini tabriklagani haqida yozgan edi.

Shuningdek