Geosiyosiy vaziyat sabab O‘zbekistonda aviakerosinga talab 27 foizga oshadi

eʼlon qilindi
Aviakerosin importi muqobil manbalardan yo‘lga qo‘yildi
Geosiyosiy vaziyat sabab aviakerosinga talab 27 foizga oshadi
Foto: depositphotos

Markaziy Osiyo yo‘nalishida aviaqatnovlar soni ortayotgani sabab O‘zbekistonda aviakerosinga talab ham ko‘paymoqda. Joriy yil iyul–dekabr oylarida talab 375 ming tonnaga yetishi, bu esa 2025-yilning mos davriga nisbatan 27 foizga ko‘p bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevga «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatining birinchi yarim yillikdagi faoliyati va yil oxirigacha belgilangan vazifalar yuzasidan berilgan hisobotda ma’lum qilindi.

Birinchi yarim yilda 11,5 mlrd kub metr gaz qazib olindi

Joriy yilning birinchi yarmida «O‘zbekneftgaz» tomonidan 11,5 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib chiqarildi.

Shu davrda neft, dizel yonilg‘isi, aviakerosin va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmi prognoz ko‘rsatkichlaridan yuqori bo‘lgan.

Yil oxirigacha ishlab chiqarish hajmlari belgilandi

Yil yakuniga qadar 1,1 mln tonna avtobenzin ishlab chiqariladi
Foto: prezident matbuot xizmati

Yil yakuniga qadar 1,1 mln tonna avtobenzin, 983 ming tonna dizel yonilg‘isi va 310 ming tonna aviakerosin ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Shuningdek, 606 ming tonna suyultirilgan gaz va qariyb 1,2 mln tonna sintetik mahsulot ishlab chiqarish ko‘zda tutilmoqda.

Aviakerosinga talab oshmoqda

Geosiyosiy vaziyat sabab Markaziy Osiyo yo‘nalishida aviaqatnovlar soni ortib bormoqda. Shu jumladan, O‘zbekistonga amalga oshirilayotgan reyslar soni ham 2025-yilga nisbatan ko‘paygan.

Joriy yil iyul–dekabr oylarida aviakerosinga talab 375 ming tonnani tashkil etishi kutilmoqda. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 27 foizga ko‘p.

Aviakerosin importi muqobil manbalardan yo‘lga qo‘yildi

Aviakerosinga bo‘lgan talabning asosiy qismi mahalliy neftni qayta ishlash zavodlari hisobidan qoplanadi.

Shu bilan birga, ayrim hamkor davlatlarda neft mahsulotlari eksportiga cheklovlar joriy etilgani sababli Gruziya, Iroq va boshqa mamlakatlardan aviakerosin importi yo‘lga qo‘yilgan.

Geologiya-qidiruv ishlari modernizatsiya qilinadi

Foto: prezident matbuot xizmati

Hisobotda «O‘zbekgeofizika» aksiyadorlik jamiyatini modernizatsiya qilish rejalari haqida ham axborot berildi.

Kon-geofizika uskunalarini yangilash va zamonaviy dala 3D seysmik majmuasini xarid qilish uchun $38,8 mln yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.

Sun’iy intellektdan foydalanish kengaytiriladi

AQSHning «Schlumberger» kompaniyasi bilan hamkorlikda seysmik ma’lumotlarni qayta ishlash markazini tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

Markazda superkompyuter majmuasi o‘rnatiladi, yangi dasturiy ta’minotlar xarid qilinadi va seysmik tadqiqotlarda sun’iy intellektdan keng foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.

Prezident barqaror ta’minot bo‘yicha topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini neft mahsulotlari bilan barqaror va uzluksiz ta’minlash choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Shuningdek, tarmoq korxonalarini texnologik yangilash, energiya samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va belgilangan vazifalar ijrosini qat’iy nazorat qilish zarurligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni yil oxirigacha uzaytirgandi. Cheklov benzin ishlab chiqaruvchilar hamda eksport qiluvchi boshqa kompaniyalarga ham tatbiq etiladi.

Shuningdek