
Honor 600 Pro 2026-yil iyul oyida AnTuTu tomonidan tuzilgan dunyodagi eng kuchli subflagman smartfonlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Qurilmaning global versiyasiga esa Snapdragon 8 Elite chipi o‘rnatilgan.
Reytingning ikkinchi pog‘onasidan Dimensity 8550 Super protsessoriga ega Oppo Reno 16 joy oldi. Honor Win Turbo esa Honor 600 Pro bilan bir xil Dimensity 8550 Elite platformasi asosida ishlab, uchinchi natijani qayd etdi. Reytingdagi dastlabki olti o‘rinni MediaTek Dimensity 8500 turkumining turli talqinlarida ishlaydigan qurilmalar band qilgan.

Eng kuchli o‘nta subflagman qatoriga Oppo K15 Pro, Xiaomi 17T, iQOO Z11, Redmi Turbo 5, Realme Neo7 SE, Oppo K13 Turbo 5G va iQOO Z10 Turbo modellari ham kirdi. Reytingdan joy olgan barcha smartfonlar MediaTek kompaniyasining bir kristalli platformalari asosida ishlab chiqarilgan.
AnTuTu natijalarni 2026-yilning 1–31-iyul kunlari davomida qurilmalar qayd etgan o‘rtacha ball asosida hisoblagan. Ro‘yxatga Xitoy bozorida kamida 1 mingta ishonchli sinovdan o‘tgan smartfonlargina kiritilgan.
Reyting
| O‘rin | Smartfon modeli | Protsessor |
|---|---|---|
| 1 | Honor 600 Pro | MediaTek Dimensity 8550 Elite |
| 2 | Oppo Reno 16 | MediaTek Dimensity 8550 Super |
| 3 | Honor Win Turbo | MediaTek Dimensity 8550 Elite |
| 4 | Oppo K15 Pro | MediaTek Dimensity |
| 5 | Xiaomi 17T | MediaTek Dimensity |
| 6 | iQOO Z11 | MediaTek Dimensity |
| 7 | Redmi Turbo 5 | MediaTek Dimensity |
| 8 | Realme Neo7 SE | MediaTek Dimensity |
| 9 | Oppo K13 Turbo 5G | MediaTek Dimensity |
| 10 | iQOO Z10 Turbo | MediaTek Dimensity |
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy A56 va Honor 500 Pro modellarini taqqoslagan edi.