Toshkentda ikki Yutong avtobusi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

eʼlon qilindi
YTH
Oqibatda bir nafar yo‘lovchi tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qildi
Toshkentda ikki Yutong avtobusi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlardan olindi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 17 va 85-sonli yo‘nalishlarda harakatlangan ikki Yutong avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan «Toshshahartransxizmat» AJ rasmiy izoh berdi.

Oqibatda bir nafar yo‘lovchi tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qildi.

Hodisa qanday yuz berdi

Unga ko‘ra, 2-avgust kuni soat 08:10 atrofida 17-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan Yutong gaz avtobusi Yunusobod tumanidagi Amir Temur shoh ko‘chasida harakatlanayotib, haydovchining ehtiyotsizligi sabab «Yulduz» bekatida to‘xtab turgan 85-sonli yo‘nalishdagi Yutong elektrobusining orqa qismiga urilgan.

Jarohatlangan yo‘lovchiga yordam ko‘rsatildi

Hodisa oqibatida gaz avtobusidagi bir nafar yo‘lovchi tan jarohati olgan. Haydovchi uni tez tibbiy yordam mashinasida Toshkent davlat tibbiyot universitetining stomatologiya klinikasiga olib borgan. Shifokorlar zarur tibbiy yordam ko‘rsatgach, yo‘lovchi uyiga javob berilgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida texnik shikastlangan har ikki avtobusni qayta yo‘nalishga chiqarish uchun ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Namanganga 12 ta zamonaviy Ankai avtobusi olib kelingani haqida yozgandi.

Shuningdek