Samarkand-2028 sun’iy yo‘ldoshi orbitaga chiqarildi — video

eʼlon qilindi
Uchirish dengiz platformasidan amalga oshirildi
Samarkand-2028 sun’iy yo‘ldoshi orbitaga chiqarildi
Foto: Instagram / Uzcosmos

5-avgust kuni O‘zbekistonning Samarkand-2028 giperspektral sun’iy yo‘ldoshi orbitaga muvaffaqiyatli chiqarildi. Bu haqda Uzcosmos agentligi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Uchirish Xitoyning Shandun provinsiyasi qirg‘oqlari yaqinidagi dengiz start platformasidan STAR.VISION kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi.

Uchirish dengiz platformasidan amalga oshirildi

Samarkand-2028 sun’iy yo‘ldoshi bilan birga Lampung-1 giperspektral sun’iy yo‘ldoshi ham orbitaga chiqarildi.

Uchirish Xitoyning Shandun provinsiyasi yaqinidagi dengiz start platformasidan amalga oshirilgan.

Loyiha kosmik sohada yangi bosqich deb baholandi

Samarkand-2028 loyihasi O‘zbekiston tarixidagi eng yirik xalqaro kosmik loyihalardan biri sifatida qayd etilmoqda. Mazkur uchirish milliy kosmik dastur rivojida yangi bosqichni boshlab bergani aytilmoqda.

Loyiha O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ilmiy-texnologik hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, sun’iy yo‘ldosh nomi 2028-yilda Xalqaro astronavtika kongressi Samarqandda o‘tkazilishi sharafiga tanlangan. Ushbu qaror Avstraliyaning Sidney shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro astronavtika kongressida qabul qilingan edi.

Shuningdek