Qat’iy dress-kod: Ronalduning to‘yida mehmonlar qanday libosda bo‘ladi

5-avgust 2026 10:47 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Qat’iy dress-kod: Ronalduning to‘yida mehmonlar qanday libosda bo‘ladi
Foto: Instagram / Jorjina Rodriges

Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodrigesning kutilayotgan to‘yi haqida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, marosim mehmonlari uchun qat’iy dress-kod belgilanadi va ulardan faqat qora rangli libosda kelish so‘ralishi mumkin.

Surat va video olish taqiqlanishi mumkin

Jurnalistlar taxminicha, Ronaldu va Rodriges mehmonlardan maxfiylik shartnomasini imzolashni so‘rashi mumkin.

Shuningdek, marosim davomida foto va video suratga olish to‘liq taqiqlanishi ehtimoli bor.

Dress-kod qora rangda bo‘lishi aytilmoqda

To‘y haqidagi mish-mishlar portugaliyalik teleko‘rsatuvda e’lon qilingan taklifnoma suratidan keyin kuchaydi.

Turli taklifnomalarda marosim boshlanish vaqti har xil ko‘rsatilgan: ayrimlarida 14:00, boshqalarida esa 17:00 deb yozilgan. Biroq ulardagi umumiy jihat — mehmonlardan faqat qora rangli libosda kelish so‘ralgani.

Mehmonlar ro‘yxatida yulduzlar borligi aytilmoqda

To‘y sanasi bo‘yicha aniqlik bo‘lmasa-da, xabarlarda Ronaldu katta marosim o‘tkazishni rejalashtirayotgani aytilmoqda.

Tarqalgan ma’lumotlarda mehmonlar orasida Rio Ferdinand, Kilian Mbappe, Vinisius Junior, Vin Dizel, Rihanna, Jennifer Lopes, Dreyk va Trevis Skott nomlari tilga olingan.

Messi ham taklif qilingani aytilmoqda

Ayrim xabarlarga ko‘ra, Lionel Messi ham mehmonlar ro‘yxatida bor. Agar bu ma’lumot tasdiqlansa, futbol tarixidagi eng mashhur raqiblaridan biri bo‘lgan Messi va Ronaldu maydondan tashqaridagi tadbirda birga ko‘rinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronaldu va ispaniyalik model Jorjina Rodrigesning to‘yi 8-avgust kuni Madeyra orolida o‘tishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, marosim Ronaldu tug‘ilib o‘sgan Funshal shahridagi soborda tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, juftlik to‘ydan keyingi qabul marosimi uchun sobor yaqinidagi besh yulduzli Savoy Palace mehmonxonasini band qilgan.

Shuningdek