Nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga imtihonda qo‘shimcha vaqt beriladi

eʼlon qilindi
Belgilangan vaqt me’yorining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha vaqt beriladi
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rni yaratganlarga subsidiya beriladi
Foto: Hafiza Muxtorova / SI

2027/2028-o‘quv yilidan boshlab nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida qo‘shimcha vaqt ajratiladi. Ularga belgilangan vaqt me’yorining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha vaqt beriladi hamda Brayl alifbosi, audio va elektron formatdagi materiallardan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Qo‘shimcha vaqt bir nechta imtihonlarga tatbiq etiladi

Yangi tartib nogironligi bo‘lgan abituriyentlar uchun oliy ta’limga kirish imtihonlarida qo‘llanadi.

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish, umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy sertifikat olish bo‘yicha imtihonlarda ham qo‘shimcha vaqt beriladi.

Imtihon materiallari mos formatda taqdim etiladi

Nogironligi bo‘lgan talabgorlar uchun imtihon materiallaridan foydalanish imkoniyati kengaytiriladi.

Ularga Brayl alifbosidagi, audio va elektron formatdagi materiallardan foydalanish sharoiti yaratiladi.

Alohida ta’limga ehtiyoji bor bolalar vaucher asosida qo‘llab-quvvatlanadi

2027-yil 1-maydan alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarni vaucher asosida ta’lim olishiga ko‘maklashuvchi zamonaviy assistiv, ya’ni yordamchi jihozlar bilan ta’minlash tizimi joriy etiladi.

Bu bolalarning ta’lim jarayonida zarur texnik vositalar bilan qo‘llab-quvvatlanishiga xizmat qiladi.

O‘qitish individual reja asosida tashkil etiladi

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarida o‘qitish individual ta’lim rejalari asosida yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda bolaning individual ta’lim ehtiyojlari, funksional imkoniyatlari va o‘zlashtirish darajasi hisobga olinadi.

Nodavlat maktablarga subsidiya ajratiladi

2026-yil 1-sentabrdan korreksion sinf tashkil etgan nodavlat ta’lim tashkilotlariga ushbu sinfda o‘qiydigan har bir o‘quvchi uchun subsidiya beriladi.

Subsidiya miqdori Toshkent shahrida BHMning 11 baravari, viloyatlar markazlari va Nukus shahrida BHMning 9,5 baravari, boshqa tuman va shaharlarda esa BHMning 8,5 baravari miqdorida belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xorijiy tilda o‘qigan bakalavrlar magistraturaga til sertifikatisiz hujjat topshirishi haqida xabar berilgandi. Yangi tartibga ko‘ra, bakalavriat ta’lim dasturini xorijiy tillardan birida tamomlagan bitiruvchilardan magistraturaga hujjat topshirishda milliy yoki xalqaro til sertifikati talab qilinmaydi.

Shuningdek