Madeyra menyusi va yangi mehmonlar: Ronaldu to‘yining yangi tafsilotlari

6-avgust 2026 13:28 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Ronaldu ta’tildan romantik videoni ulashdi
Foto: Getty Images

Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodrigesning kutilayotgan to‘yi atrofida yangi tafsilotlar tarqaldi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, marosimda yana bir qator sport va shou-biznes yulduzlari qatnashishi mumkin, menyuda esa Madeyraning an’anaviy taomlari va dengiz mahsulotlariga urg‘u berilishi kutilmoqda.

Mehmonlar ro‘yxati kengaymoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda to‘yga taklif qilingani aytilayotgan mehmonlar ro‘yxati tarqaldi. Avvalroq mehmonlar orasida Lionel Messi, Rio FerdinandKilian Mbappe, Vinisius Junior, Vin Dizel, Rihanna, Jennifer Lopes, Dreyk va Trevis Skott nomlari tilga olingandi. Endi esa ushbu ro‘yxat Erling Holand, Lamin Yamal, Pirs Morgan, Ronalduning «An-Nasr»dagi jamoadoshlari, Rodrigo, Habib Nurmagomedov va IShowSpeed nomlari bilan to‘ldirildi.

To‘y tor doirada bo‘lishi mumkin

Foto: People.com

Ayrim xabarlarga ko‘ra, marosim asosan Ronaldu va Jorjinaning besh farzandi, yaqin qarindoshlari, do‘stlari hamda uzoq yillik hamkorlari ishtirokida o‘tishi mumkin.

Shu sabab ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yirik mehmonlar ro‘yxatini tasdiqlangan ma’lumot sifatida qabul qilib bo‘lmaydi. Shunga qaramasdan nashrlar mehmonlar ro‘yxati kengayayotganini bildirmoqda.

Menyuda Madeyra taomlari

To‘y menyusi ham internetda muhokama qilinmoqda. Portugaliya OAVlariga ko‘ra, mehmonlarga Madeyraning an’anaviy taomlari va mashhur oshpazlar tayyorlagan gurme taomlar tortilishi mumkin.

Mahalliy dengiz mahsulotlari menyuda asosiy o‘rinlardan birini egallashi kutilmoqda. Biroq taomlar ro‘yxati ham hozircha rasman e’lon qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronalduning to‘yida mehmonlar qanday libosda bo‘lishi haqida ma’lumot berilgandi. Unga ko‘ra, marosim mehmonlari uchun qat’iy dress-kod belgilanadi va ulardan faqat qora rangli libosda kelish so‘ralishi mumkin.

Jurnalistlar taxminicha, Ronaldu va Rodriges mehmonlardan maxfiylik shartnomasini imzolashni so‘rashi mumkin. Shuningdek, marosim davomida foto va video suratga olish to‘liq taqiqlanishi ehtimoli bor.

Shuningdek