Energetika tizimida Yangiyo‘l tajribasi 13 tumanga tatbiq etiladi

eʼlon qilindi
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Energetika tizimida Yangiyo‘l tajribasi 13 tumanga tatbiq etiladi
Foto: depositphotos.com

Yangiyo‘l tumanida elektr va gaz ta’minotini yaxshilash bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan yangi boshqaruv tizimi yana 13 tumanda joriy etiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevga energetika tarmog‘ida ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan axborot berildi.

Keyinchalik ushbu tajribani respublikaning boshqa hududlariga ham tatbiq etish rejalashtirilgan.

Yangiyo‘l tajribasi kengaytiriladi

Hozirda Yangiyo‘lda tashkil etilgan maxsus shtab tadbirkorlar va aholi bilan bevosita muloqot qilib, elektr uzilishlari, quvvat yetishmasligi, gaz bosimining pasayishi, texnik shartlar va qarzdorlik bilan bog‘liq murojaatlarni joyida o‘rganmoqda.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik kuchaytiriladi

Taqdimotda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida eskirgan elektr va gaz tarmoqlarini yangilash, energiya yo‘qotishlarini kamaytirish, avariyaviy uzilishlarning oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, soha faoliyatiga raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni keng joriy etish, xodimlar faoliyatini elektron tizim orqali nazorat qilish va baholash mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish rejalari taqdim etildi.

Yig‘ilishda tadbirkorlarni elektr va gaz tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlarni berish jarayonining shaffofligini ta’minlash hamda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish bo‘yicha choralarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Davlat rahbari mutasaddilarga energetika sohasida yagona boshqaruv tizimini shakllantirish, investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish hamda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini elektr va gaz bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan quyosh panellari uchun 330,8 mlrd so‘m subsidiya berilgani haqida yozgandi.

Shuningdek