Samsung Galaxy S27 Pro va Galaxy S27 Ultra modellarida o‘yin qulayliklari oshadi

7-avgust 2026 18:47 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy S27 Pro va Galaxy S27 Ultra modellarida o‘yin qulayliklari oshadi
Foto: Sammobile

Samsung kompaniyasining kelajakdagi Galaxy S27 Pro va Galaxy S27 Ultra flagmanlari mobil o‘yinlarda sezilarli darajada yuqori unumdorlik taklif qilishi mumkin. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu Qualcomm’ning 2 nanometrli texnologiya asosida ishlab chiqarilgan ilk mobil chiplaridan biri bo‘ladi.

Galaxy S27 turkumining 2027-yil boshida taqdim etilishi kutilmoqda. Samsung ham, Qualcomm ham hozircha yangi smartfonlarda aynan qaysi protsessorlardan foydalanilishini rasman tasdiqlamagan.

Grafik protsessor sezilarli kuchayishi mumkin

Insayder Digital Chat Station ma’lumotiga ko‘ra, Snapdragon 8 Elite Gen 6 va uning kuchliroq Gen 6 Pro versiyasidagi yangi Adreno grafik protsessorlari oltita hisoblash blokiga ega bo‘ladi. Taqqoslash uchun, Galaxy S26 Ultra’da ishlatiladigan Snapdragon 8 Elite Gen 5 tarkibidagi Adreno 840’da bunday bloklar soni uchtani tashkil etishi aytilmoqda.

Agar Qualcomm har bir grafik blok arxitekturasini keskin o‘zgartirmasa, ularning soni ikki baravar ko‘payishi grafik unumdorligining sezilarli oshishiga olib kelishi mumkin. Bu ayniqsa yuqori grafik sozlamalarida ishlaydigan mobil o‘yinlarda, kadrlar chastotasini barqaror ushlab turish va murakkab grafik effektlarni qayta ishlashda sezilishi kutilmoqda.

Yangi Adreno grafik tizimida kesh-xotiradan samaraliroq foydalanishga qaratilgan alohida texnologiya ham qo‘llanishi aytilmoqda. Biroq protsessorlarning real o‘yinlardagi natijalari va energiya sarfi hozircha noma’lum.

Galaxy S27 Pro va Ultra yangi chipni olishi kutilmoqda

SamMobile ma’lumotiga ko‘ra, Snapdragon 8 Elite Gen 6 Pro Galaxy S27 Pro va Galaxy S27 Ultra modellarida ishlatilishi mumkin. Standart Snapdragon 8 Elite Gen 6 va kuchliroq Pro versiyasidagi grafik protsessorlar mos ravishda Adreno 845 va Adreno 850 nomini olishi kutilmoqda.

2 nanometrli ishlab chiqarish jarayoniga o‘tish Qualcomm’ga chip unumdorligini oshirish bilan birga energiya samaradorligini yaxshilash imkonini berishi mumkin. Biroq chipning texnik xususiyatlari rasman e’lon qilinmagani sababli bu ko‘rsatkichlar hozircha taxmin sifatida qolmoqda.

Qualcomm yangi Snapdragon’ni sentabrda ko‘rsatishi mumkin

Qualcomm’ning 2026-yilgi Snapdragon Summit tadbiri 22–24-sentabr kunlari AQShning Gavayi shtatidagi Maui orolida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Kompaniya tadbirda yangi avlod mobil platformalarini namoyish qilishi kutilmoqda.

Snapdragon 8 Elite Gen 6 va Gen 6 Pro protsessorlariga ega dastlabki Android smartfonlari 2026-yilning to‘rtinchi choragidayoq bozorga chiqishi mumkin. Galaxy S27 turkumi esa 2027-yil boshida taqdim etilishi kutilmoqda.
Foto: Depositphotos

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S26 FE smartfoni qachon taqdim etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek