Chevrolet Bolt elektromobili uchun chegirmalar e’lon qilindi

10-avgust 2026 16:20 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Bolt elektromobili uchun chegirmalar e’lon qilindi
Foto: GMAutority

Chevrolet avgust oyida 2027-yilgi Chevrolet Bolt elektromobili uchun yangi moliyaviy takliflarni taqdim etdi. Bu haqda GMAutority nashri xabar bermoqda.

Xaridorlarga imtiyozli kredit, lizing dasturi hamda Costco a’zolari uchun $1,25 minggacha chegirma taklif qilinmoqda. Takliflar AQSH bozorida amal qiladi va ularning asosiy qismi 2026-yil 31-avgustgacha davom etadi.

Costco a’zolariga $1,25 ming chegirma beriladi

2027-yilgi Chevrolet Bolt’ni xarid qilayotgan Costco a’zolari $1 250 miqdoridagi chegirmadan foydalanishi mumkin.

Mazkur taklif ham 31-avgustgacha amal qiladi. Bunda xaridor avtomobilni belgilangan muddatgacha qabul qilib olishi kerak. Chevrolet Bolt uchun imtiyozli kredit dasturi ham mavjud. GM Financial orqali avtomobil sotib olgan mijozlarga 36 oyga yillik 0,9 foiz, 48 oyga 1,9 foiz va 60 oyga 2,9 foizlik stavka taklif etiladi.

Foto: Chevrolet

72 yoki 75 oylik kredit uchun stavka 3,9 foizni, 84 oylik moliyalashtirishda esa 4,9 foizni tashkil qiladi.

Lizing oyiga $399 dan boshlanadi

2027-yilgi Chevrolet Bolt LT uchun 36 oylik lizing dasturi ham taklif qilinmoqda. Uning oylik to‘lovi $399 etib belgilangan.

Dastur yiliga 10 ming milgacha yurishga mo‘ljallangan. 2021-yil yoki undan yangi avtomobilni lizing asosida ishlatayotgan mijozlar shartnoma tuzishda $5 019 to‘lashi kerak.

General Motors xodimlari va imtiyozdan foydalanish huquqiga ega ularning oila a’zolari uchun boshlang‘ich to‘lov $4 019 ni tashkil qiladi.

Har ikki holatda ham garov depoziti talab qilinmaydi. Taklif AQSH bo‘ylab amal qiladi.

Chevrolet Bolt narxi $28,9 mingdan boshlanadi

Foto: Chevrolet

2027-yilgi Chevrolet Bolt ikki komplektatsiyada sotuvga chiqarilgan. LT versiyasining boshlang‘ich narxi $28 995, RS modifikatsiyasi esa $32 995 turadi.

Mazkur narxlarga $1 395 miqdoridagi avtomobilni yetkazib berish xarajati ham kiritilgan.

Chevrolet yangi Bolt’ni AQSH bozoridagi eng arzon elektromobillardan biri sifatida joylashtirmoqda.

Bir quvvatlashda 422 kilometrgacha yuradi

2027-yilgi Chevrolet Bolt Chevrolet Equinox EV’da qo‘llaniladigan elektromotor bilan jihozlangan. Uning quvvati 210 ot kuchini tashkil qiladi. Model faqat old g‘ildirakdan tortuvchi konfiguratsiyada ishlab chiqariladi.

Elektromobil 65 kVt·soat sig‘imli LFP akkumulyatoriga ega. Bir marta to‘liq quvvatlash bilan avtomobil 262 mil, ya’ni qariyb 422 kilometr masofani bosib o‘ta oladi.

Akkumulyator 150 kVtgacha tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Natijada batareya quvvatini 10 foizdan 80 foizgacha yetkazish uchun taxminan 26 daqiqa talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Express 2027 qanday imkoniyatlar bilan chiqishi haqida yozgan edi.

Shuningdek