Sirdaryodagi YTHda uch kishi halok bo‘ldi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Foto: Viloyat YHXB

Sirdaryo viloyatining Xovos tumanidan o‘tuvchi M-34 avtomobil yo‘lida «Chakman» va «Captiva» rusumli avtomobillar to‘qnashishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo’l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

YTH qanday sodir bo‘lgan?

IIB ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa 9-avgust kuni soat 10:30 atrofida Xovos tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi M-34 «Toshkent–Dushanbe» avtomobil yo‘lining 125-kilometrida sodir bo‘lgan.

Foto: Viloyat YHXB

Qayd etilishicha, «Chakman» rusumli avtomobil qayrilib olish qismida burilayotgan vaqtda shu yo‘nalishda yo‘lning chap bo‘lagi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan «Captiva» bilan to‘qnashgan. To‘qnashuv oqibatida «Captiva» avtomobili haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq 2026-yilning yanvar – iyun oylarida O‘zbekistonda 2,3 mingta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek