O‘zbekistonliklar Fransiyaga ishga yuboriladi

O‘zbekiston fuqarolarini xorijda tashkil etilgan tartibda ishga joylashtirish geografiyasi kengaymoqda. Endilikda Fransiya ham ushbu yo‘nalishdagi davlatlar qatoriga qo‘shildi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.
Agentlik tomonidan tashkil etilgan pilot loyiha doirasida O‘zbekiston fuqarolarini Fransiyada mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga joylashtirish bo‘yicha amaliy bosqich boshlandi.
Dastlabki e’lon va saralash
Joriy yilning 12-iyun kuni Fransiyada mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlarida ishlash istagidagi nomzodlar uchun e’lon berilgan. 1-iyul kuni esa saralangan nomzodlar Fransiyadagi ish beruvchilar ishtirokida onlayn suhbatdan o‘tkazilgan.Natijada pilot loyiha doirasida 10 nafar nomzod ish beruvchilar tomonidan tanlab olingan.
Dastlabki e’lon va saralash
Tanlab olingan 10 nafar nomzoddan dastlabki olti nafari mehnat vizalarini olgan.Ular avgust oyida Fransiyaga yo‘l olib, mevalarni yig‘ish va saralash ishlarida faoliyat yuritishi rejalashtirilgan. Qolgan to‘rt nafar nomzod esa kuz oylarida Fransiyaga borishi kutilmoqda. Ular sabzavot yetishtirish va hosilni yig‘ib olish mavsumidagi ishlarga jalb etiladi.
Dastlabki e’lon va saralash
Mazkur loyiha O‘zbekiston fuqarolarini Fransiyaga tashkil etilgan tartibda ishga joylashtirish bo‘yicha ilk yo‘nalish va dastlabki pilot loyiha hisoblanadi.
Loyiha natijalari kelgusida Fransiyadagi ish beruvchilar bilan hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari uchun ushbu mamlakat mehnat bozorida yangi ish imkoniyatlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etishi kutilmoqda.
Avvalroq O‘zbekistonlik shifokorlar, oliy ma’lumotli hamshiralar va tibbiyot og‘alari Chexiya hamda Slovakiyaning yirik tibbiyot muassasalarida ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.