
Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodrigesning ehtimoliy to‘yi atrofidagi mish-mishlar kuchaymoqda. Sport.ua nashri nikoh kechasiga tashrif buyuradigan mehmonlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Taxminiy ro‘yxatda futbol olami vakillari bilan bir qatorda Rihanna, Dreyk, Jennifer Lopes va boshqa mashhur san’atkorlar ham bor. Hozircha Ronaldu va Jorjina to‘y sanasi yoki mehmonlar ro‘yxatini rasman tasdiqlamagan.
Mbappe va Vinisius ham mehmonlar orasida bo‘lishi mumkin

Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, marosimga futbolchilar Kilian Mbappe va Vinisius Junior taklif etilishi mumkin. Shuningdek, «Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand ham ehtimoliy mehmonlar qatorida tilga olinmoqda.
Ronaldu futbolchilik faoliyati davomida ko‘plab mashhur sportchilar bilan yaqin aloqalar o‘rnatgani sabab to‘yda futbol olamining boshqa taniqli vakillari ham qatnashishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Rihanna, Dreyk va Jennifer Lopes nomi ham tilga olindi

Ehtimoliy mehmonlar ro‘yxati faqat futbolchilar bilan cheklanmaydi. OAV xabarlariga ko‘ra, marosimga Rihanna, Dreyk, Jennifer Lopes va Trevis Skott kabi jahon estradasining mashhur vakillari ham kelishi mumkin.

Shuningdek, mashhur strimer IShowSpeed hamda Buyuk britaniyalik teleboshlovchi Pirs Morgan nomi ham mehmonlar orasida qayd etilgan.
IShowSpeed Krishtianu Ronalduning ashaddiy muxlisi sifatida tanilgan va futbolchi bilan bog‘liq kontenti orqali katta auditoriya to‘plagan.

To‘y sanasi hozircha rasman e’lon qilinmagan
So‘nggi kunlarda Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges yaqin vaqt ichida turmush qurishi mumkinligi haqida turli xabarlar tarqalmoqda.

Biroq juftlik hozircha marosim qachon va qayerda o‘tkazilishini rasman ma’lum qilmagan. Shuningdek, internetda tarqalgan mehmonlar ro‘yxati ham tasdiqlanmagan. Shu sabab Rihanna, Dreyk, Mbappe va boshqa mashhurlarning marosimda ishtirok etishi haqidagi ma’lumotlar hozircha faqat taxmin sifatida qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Jorjina Rodriges haqida qiziqarli 5 ta faktni e’lon qilgan edi.